Samsung flagmanining arzonlashtirilgan – «fanatcha» versiyasi allaqachon sotuvga chiqdi

  •   DiMaX
  •  686
  •  26.05.2021 11:53

Samsung flagmanining arzonlashtirilgan – «fanatcha» versiyasi allaqachon sotuvga chiqdi

Hozirda Samsung Electronics kompaniyasining kutilayotgan gadjetlaridan biri Galaxy S21 FE (yoki Galaxy S21 Fan Edition) nomli smartfondir. Fanatlarga bag‘ishlab narxi pasaytirilgan bo‘lsa-da, uning ham Snapdragon 888 protsessori bazasida tayyorlangani haqida yozganmiz. Bundan tashqari...

O‘QING: Hamyonbop flagman – Galaxy S21 FE ikki xilda chiqadi: 4G-versiyasi yanada arzon!

Samsung Galaxy S21 FE qachon taqdim qilinishi ma’lum bo‘lgan, ammo janubiy koreyalik gigant undan oldin boshqa bir qurilmasining «fanatcha» versiyasini namoyish qildi. Bu qurilma uning fanatlarga bag‘ishlangan ilk plansheti – Galaxy Tab S7 FE (yoki Galaxy Tab S7 Fan Edition) bo‘lib, ortiqcha shov-shuvlarsiz Germaniyadagi rasmiy saytiga chiqargan.

Galaxy Tab S7 FE 5G planshetining tezkor/ichki xotirasi 4/64 gigabaytlik varianti 649 yevroga baholangan, Samsung uni qora va kumushrang korpuslarda taklif etmoqda. Planshetning yana 6/128 GBlik versiyasi ham chiqadi, ammo unisi hozircha sotuvga qo‘yilmagan.

O‘QING: Haqiqiy Samsung fanati bo‘lish sizga qanchaga tushadi?

Galaxy Tab S7 FE modeli ham Galaxy Tab S7+ flagmani kabi ulkan – diagonaliga 12,4 dyuymlik ekran va 10 090 mA/soatlik akkumulyatorni saqlab qolgan. Biroq narxiga moslab uning ayrim xususiyatlari pasaytirilgan: yangi planshetda LCD-displey qo‘llangan, Snapdragon 865 o‘rniga Snapdragon 750G chipseti o‘rnatilgan.

«Fanatcha» planshetning ekrani WQXGA formatida (2560x1600 piksellik), kameralari 5 va 8 megapiksellik. Galaxy Tab S7 FE 5G qo‘shaloq dinamikka ega, Bluetooth orqali S Pen stilusini qo‘llab-quvvatlaydi. Samsung uni Android 11 operatsion tizimi ustiga qurilgan One UI 3.1 grafik qobig‘i bilan chiqargan.

Planshet USB Type-C porti orqali 45 vattlik tezkor zaryadlanadi, 5G hamda 4G LTE, Wi-Fi (802.11 ac, 2,4 va 5 GGs), Bluetooth 5.0, GPS, Beidou, Galileo va GLONASS simsiz interfeyslariga ega.

O‘QING: One UI 4.0 (Android 12) gacha yangilanuvchi Galaxy'lar ro‘yxati bilan tanishamiz