Samsung flagmanlarida yangi ishkal: ular «ochlik e’lon qildi»!

  •   DiMaX
  •  1448
  •  06.07.2020 12:12

Samsung flagmanlarida yangi ishkal: ular «ochlik e’lon qildi»!

Janubiy koreyalik texnogigantning Galaxy S20, Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlari hozirda eng zo‘r va ommabop smartfonlardandir. Lekin ularning aynan Samsung maqtagan jihatida muammolar chiqqan.

O‘QING: Samsung «o‘ldirib bo‘lmas» Galaxy S20 taqdim etdi, lekin uni hech kim sotib ololmaydi! (+video)

Endi esa Samsung Galaxy S20 turkumidagi gadjetlar egalari navbatdagi ishkalga duch kelishdi. Galaxy S20, S20+ hamda S20 Ultra flagmanlari quvvat olishdan bosh tortyapti!

Jahon bo‘ylab ushbu modellar sohiblarining turli forumlarda yozishlaricha, ularning ayrimlarida smartfonlar umuman zaryad olmayapti. Boshqa birlarida esa quvvat ola boshlaydi, ammo bu jarayonda bir necha daqiqadan so‘ng quvvatlanmay qoladi. Bunda quvvatlash kabelini sug‘urib turib, qaytadan ulasa ishlab ketadi.

Aytish kerakki, Galaxy S20’larni nafaqat begona zaryadlash uskunasi, balki o‘z qadog‘ida kelgan quvvatlagich bilan zaryadlashda ham shunday bo‘lyapti. Smartfonni o‘chirib-yoqqach, u odatdagidek quvvat olishda davom etadi, lekin keyinroq yana shu muammo takrorlanaveradi.

Yaxshiyamki, bu holat ko‘p tarqalmayapti ekan, asosan Germaniyadagi foydalanuvchilar shikoyat qilishgan. Samsung esa bu masalaga hozircha rasmiy munosabat bildirmagan. Aftidan, muammo dasturiy ta’minot bilan bog‘liq bo‘lib, kompaniya navbatdagi yangilanish bilan uni bartaraf etsa kerak.

O‘QING: 1000 dollarlik Galaxy S20+’ni mag‘lub etgan, o‘zi atigi 200 dollarlik smartfonni bilasizmi? («Jonli» test videosi)