Samsung flagmanlarini ijaraga oling

Samsung flagmanlarini ijaraga oling

Kecha Samsung kompaniyasi Grover bilan hamkorlikda Germaniya uchun flagman smartfonlar ijarasi dasturini taqdim qildi.

Ushbu dastur doirasida siz 1/3/6/12 oylik muddatga Galaxy S20 smartfonlari ijaraga olib ishlatishingiz mumkin. Ijara muddati qancha uzoq bo‘lsa, oylik to‘lov ham shuncha kam bo‘ladi.

Masalan, agar Galaxy S20 FE smartfonini bir oyga ijaraga olmoqchi bo‘lsangiz, 59.90 yevro, uch oylikka olmoqchi bo‘lsangiz, har oy 49.90 yevro, olti oyga olmoqchi bo‘lsangiz, oylik 39.90 yevro, bir yilga esa 29.90 yevrodan har oy to‘lab borasiz.

Galaxy S20 ijarasi esa 99.90 / 69.90 / 59.90 / 49.90 yevro, Galaxy S20+ niki bo‘lsa 109.90 / 74.90 / 64.90 / 54.90 yevroga teng. S20 Ultra'ni ishlatmoqchi bo‘lganlar esa har oy 119.90 / 99.90 / 79.90 / 69.90 yevrodan to‘lab borishlari kerak bo‘ladi.

Kompaniya hozircha faqat mana shu takliflarni taqdim etmoqda. Biroq dastur doirasiga yana boshqa modellarni ham bosqichma-bosqich qo‘shib borish rejalashtirilayotgan ko‘rinadi. Ijara xizmati hozircha faqat Germaniyada mavjud bo‘lib, Samsung'ning Yevropadagi boshqa bozorlar borasidagi rejalari ayon emas.

O‘QING: Samsung Galaxy S21, S21+ va S21 Ultra'larni o‘ta sifatli renderlarda ko‘ramiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!