Samsung Galaxy 10 yoshda. Kompaniya "Galaxy yubileyi premium paketi"ni taklif qilmoqda

Samsung Galaxy 10 yoshda. Kompaniya

Galaxy smartfonlarining o‘n yilligini nishonlash uchun Samsung "Galaxy yubileyi premium paketi"ni e’lon qiladi. Paket kompaniyaning eng so‘nggi gadjetlaridan iborat.Paket tarkibiga Samsung Galaxy Note10, Galaxy Watch Active 2 soati (qo‘shimcha tasmasi bilan), Galaxy Buds simsiz quloqchinlari hamda Note10 uchun silikon g‘ilof kiradi.

Bu mahsulotlarning barchasi bir-biri bilan ajoyib uyg‘unlik hosil qiladi. Galaxy Buds va Galaxy Watch Active 2'larni Note10'dagi Simsiz quvvat ulashish (Wireless PowerShare) texnologiyasi orqali smartfonning orqa tomoniga qo‘yib, zaryadlash mumkin.

"Galaxy yubileyi premium paketi" shu oydan boshlab tanlangan bozorlarda amal qiladi. Hozircha, paket narxi noma’lum, lekin uning tarkibiga kiruvchi qurilmalarning barchasini hisoblaganda, qiymati 1 400 AQSh dollari atrofida bo‘ladi.

O‘QING: Avlodlar silsilasi: Galaxy S'dan Galaxy S10'gacha