Samsung Galaxy A (2016) modellari Android 7.0 versiyasiga yangilanadi

Samsung Galaxy A (2016) modellari Android 7.0 versiyasiga yangilanadi

Samsung kompaniyasi ayni paytda Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge modellari uchun Android 7.0 versiyasini faol tarzda sinovdan o‘tkazmoqda. Bundan tashqari, kompaniya Galaxy S6 va S6 Edge, shuningdek, Galaxy Note 5 va Galaxy Tab S2 modellari uchun  Android 7.0 Nougat versiyasini yaratish ustida ham ish olib borayotgani to‘risida ham saytimizda avvalroq xabar bergan edik.

Kuni kecha esa Janubiy Koreya texnologiya giganti Galaxy A (2016) modellarini ham Android 7.0 versiyasiga yangilashi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham e’lon qilindi. Ammo bu haqda Samsung aloqador yangiliklarni yoritadigan Sammobile saytida berilgan xabarda mazkur seriyadagi aynan qaysi modellarning Android 7.0 versiyasiga yangilanishi to‘g‘risida aniq axborot yo‘q. Samsung Galaxy A (2016) seriyasida Galaxy A3, Galaxy A5, Galaxy A7, Galaxy A8, Galaxy A9 va Galaxy A9 Pro singari modellar o‘rin olgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!