Samsung Galaxy A (2017) seriyasidagi modellarning narxi ma’lum qilindi

Samsung Galaxy A (2017) seriyasidagi modellarning narxi ma’lum qilindi

Shubhasiz, Samsung Galaxy A seriyasidagi smartfonlar bir qadar yaxshi texnik parametrlar va narx mutanosibligi bois kompaniyaning eng ko‘p sotiladigan qurilmalaridan hisoblanadi. Hozirgacha mazkur seriyadagi telefonlarning 2015 yil va 2016 yilda chiqarilgan avlodlarni foydalanuvchilar e’tiboriga havola etilgan.

Hi-Tech.Mail.Ru nashrining insayder Roland Quandt ma’lumotlariga asoslanib bergan xabariga ko‘ra, ushbu seriyaning 2017 yilgi versiyalari keyingi oyda AQShda o‘tkaziladigan CES 2017 xalqaro ko‘rgazmasida namoyish etiladi. Bundan avvalroq, seriyadagi smartfonlarga tegishli surat, video va ba’zi texnik parametrlar tarmoqda oshkor qilingan edi.

Samsung Galaxy A (2017) seriyasidagi modellar Always On Display texnologiyasi, IP68 himoya standarti va USB type-C sloti bilan jihozlanadi.

Batareyalar sig‘imi model hajmiga qarab 3000, 3300 va 3500 mA/soatni tashkil qilishi aytilgan.

Manbada yozilishicha, Samsung Galaxy A3 (2017) 350 yevro, Samsung Galaxy A5 (2017) esa 450 yevro narxida sotuvga chiqarilishi mumkin. Hozircha Samsung Galaxy A7 (2017) smartfoniga tegishli narx ma’lum emas.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.