Samsung Galaxy A (2018) turkumi qo‘sh kamerali bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  2358
  •  04.07.2017 11:36

Samsung Galaxy A (2018) turkumi qo‘sh kamerali bo‘ladi

Gap-so‘zlarga qaraganda, navbatdagi flagmani – Galaxy Note 8 modeli Samsung’ning qo‘shaloq ob’yektivli kameraga ega ilk qurilmasi bo‘ladi. Ammo kompaniya kelajakda bu tendensiyani davom ettirishga qaror qilgan ko‘rinadi, deb yozadi TAS.

Yangi «sizib chiqqan» ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning hatto o‘rta narx segmentiga mansub Galaxy A turkumi smartfonlari ham, Galaxy C turkumidagi qurilmalari ham ikkitadan kameraga ega bo‘ladi.

Garchi shu paytgacha Galaxy A (2018) seriyasiga oid smartfonlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lmasak-da, Galaxy C 10 bilan bog‘liq gap-so‘zlar tarqab ulgurgan. Hatto uning videosini ham saytimizda e’lon qilganmiz. Balki, aynan ushbu model Galaxy Note 8’dan ham oldin taqdim etilar, degan taxminlar ham mavjud.

Ta’kidlash kerakki, agarda Samsung o‘zining Galaxy A hamda C turkumidagi devayslarini qo‘shaloq kamera bilan chiqarsa, bu borada hozirda ilgarilab borayotgan ZTE, Xiaomi va boshqa xitoylik ishlab chiqaruvchilarga munosib javob bo‘ladi. Kuchli kameralari hamisha Samsung smartfonlarining ustun jihatlaridan biri bo‘lib kelganini hisobga olsak, ularning qo‘shaloq bo‘lishi kompaniyaning bozorda o‘z raqobatchilarini siqib qo‘yishiga olib kelishi mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!