Samsung Galaxy A04e taqdim etildi

Samsung Galaxy A04e taqdim etildi

Odatda Samsung'ning flagman S seriya modellari taqdimot vaqtida ko‘pchilikning diqqat e’tiborini tortadi. Samsung, shuningdek, flagman smartfonlardan tashqari byudjet sinfidagi modellarni ishlab chiqaradi. Ularning soni borgan sari ortib bormoqda.

Kecha kompaniya ortiqcha dabdabalarsiz Galaxy A04e modelini taqdim etdi. Ushbu modelni avgust oyida taqdim etilgan A04 yoki sentyabrda e’lon qilingan A04s bilan adashtirib yubormaslik kerak. 

Yangi model HD+ rezolyutsiyadagi 6.5 dyuymli PLS LCD displeyi bilan jihozlangan. 60 gertsli displeyning yuqorisidan 5MP selfi kamera, orqa paneldan esa 13MP asosiy hamda 2MP sath kameralar o‘rin olgan. A04e qaysi chip bilan jihozlanganligi haqida aniq ma’lumot yo‘q (mish-mishlarga ko‘ra bu MediaTek Helio G35). Gadjet 3/4GB tezkor hamda 32/64/128GB doimiy xotiraga ega. Xotirani microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin. Qurilma 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydi. Unga 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. 

Smartfon Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI Core 4.1 grafik qobig‘ida ishlaydi. Uning hajmi 164.2 x 75.9 x 9.1 mm, og‘irligi 188 grammni tashkil qiladi. Korpusning mis, qora va ko‘k rangli turlari mavjud. 

O‘QING: Google boshlang‘ich sinf smartfonlari uchun Android 13 Go versiyasini taqdim qildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!