Samsung Galaxy A04s'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishmiz

Samsung Galaxy A04s'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishmiz

Galaxy A04s Samsung kompaniyasi taklif qilayotgan yangi eng arzon smartfonlardan biri. Biroq arzon degani smartfon hamisha o‘z narxiga arzishini anglatmaydi. Demak, ushbu arzon smartfon qanday xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rib chiqish kerak. 

Qizig‘i shundaki, kompaniya yana bir arzon qurilma - Galaxy M13'ni ham xaridorlarga taklif qilmoqda. Kamerani hisobga olmasa, ushbu model A04s'dan uncha farq qilmaydi. Ikkala smartfonning qolgan texnik ko‘rsatkichlar bir xil. 

Samsung Galaxy A04s'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 164.7x76.7x9.1mm, 195g; old panel shisha, orqa panel shisha, plastik rom.

> Displey: 6.50 dyuymli PLS LCD, 90 gerts, 400 nit (maksimal), 720x1600 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 270ppi zichlik.

> Chipset: Exynos 850 (8nm): sakkiz yadroli (4x2.0 GHz Cortex-A55 & 4x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G52.

> Xotira: 3/32GB, 4/32GB, 4/64GB, 4/128GB; eMMC 5.1; microSDXC.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, One UI Core 4.

> Kamera: Asosiy kamera: 50 MP, f/1.8,  PDAF; Makro kamera: 2 MP, f/2.4; Sath kamera: 2 MP, f/2.4.

> Selfi kamera: 5 MP, f/2.2, (keng).

> Video yozuv: Asosiy kamera: 1080p@30 kadr/s; Selfi kamera: 720p@30 kadr/s.

> Akkumulyator: 5,000mAs; 15 vatt quvvatlash texnologiyasi.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); NFC; 3.5 mm audio jek.

Smartfon oddiy Exynos 850 chipi bilan jihozlangan. Xotirani microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin. A04s garchi eng arzon Galaxy smartfonlaridan biri bo‘lsa-da, u 90 gertsli displey bilan jihozlangan. Exynos 850 chipi sakkizta yuqori unumdorlikka ega bo‘lmagan Cortex-A55 chipiga ega. 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator quvvati smartfon uchun uzoq vaqtga yetadi. Ammo uni to‘liq quvvat olishi ham ko‘p vaqt talab qiladi. 

Qurilma Samsung'ning yengilroq interfeysi - One UI 4 tizimida ishlaydi, u Android 12 operatsion tizimiga asoslangan. 

Qadoq tarkibi

Qurilma kichik qutida keladi. Uning tarkibida smartfon bilan birga USB-C kabeli hamda SIM-karta ignasi bo‘ladi.

Foto: GSMArena 

Afsuski, quvvlash adapteri qutida bo‘lmaydi. 

O‘QING: Vivo X90 Pro+ - Snapdragon 8 Gen2 chipli yangi kamerafon 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.