Samsung Galaxy A12'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy A12'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

O‘tgan yilning oxirida taqdim qilingan va yanvardan sotuvga chiqqan Galaxy A12 smartfoni Samsung'ning eng arzon smartfoni emas. Hozirda eng arzon Samsung smartfoni Galaxy M02 hisoblanadi.

O‘QING: Samsung Galaxy A42 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Qurilmaning «miyasi» Mediatek Helio P35 chipseti hisoblanadi. Ushbu SoC e’tiborga molik biror jihatga ega emas. Lekin protsessor narxiga arziydi: Helio P35 12 nm jarayon asosiga qurilgan sakkiz yadroli CPU'ga egaligi bois uni hamyonbop uchun yetarli darajada kuchli deyish mumkin.

Orqa paneldagi to‘rt kamerali modul Galaxy A12'ning kuchli jihati deyish mumkin. 2MPlik ikkita (sath va makro) modullar amaliy jihatdan unchalik maqtarli bo‘lmasa ham, 48MP asosiy, 5MP ultrakeng kameralar anchayin yaxshi. Selfi kamera esa 8MP rezolyutsiyaga ega.

Samsung Galaxy A12'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 164.0x75.8x8.9 mm, 205g; shishadan ishlangan old panel, plastikli orqa panel.
> Chipset: Mediatek MT6765 Helio P35 (12 nm): sakkiz yadroli (4x2.35 GHz Cortex-A53 & 4x1.8 GHz Cortex-A53); PowerVR GE8320
> Xotira: 32GB 3GB RAM, 64GB 4GB RAM, 128GB 4GB RAM, 128GB 6GB RAM; eMMC 5.1; microSDXC (maxsus slot).
> OT/dasturiy ta’minot: Android 10, One UI 2.5.
> Old kamera: 8 MP, f/2.2.
> Boshqa: barmoq izi skaneri (yon tomonda); FM radio; 3.5 mm audio jek.

Galaxy A12'ning muhim jihatlaridan yana biri 5,000 mAs akkumulyatordir. Arzon smartfonlar, odatda, bunday katta sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanmaydi.

Qadoq tarkibi
Galaxy A12 oddiy karton qutida sotiladi. Qadoq ichida 15 Vt adapter va USB-C kabeligina bor.

O‘QING: Samsung Galaxy M51'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing