Samsung Galaxy A13 4G'ning texnik jihatlari va narxlari ma’lum bo‘ldi

Samsung Galaxy A13 4G'ning texnik jihatlari va narxlari ma’lum bo‘ldi

Samsung o‘tgan yili Galaxy A13 5G smartfonini taqdim etgan edi. Endi kompaniya ushbu qurilmaning 4G versiyasini chiqarmoqchi. Smartfon NBTC sertifikatidan o‘tdi hamda uning maxsus sahifasi Samsung'ning bir necha davlatdagi rasmiy veb-saytlarida paydo bo‘ldi. 

Kompaniya Galaxy A13 haqida ma’lumot berishini kutayotgan vaqtimizda qurilmaning texnik jihatlari, dizayni hamda narxi WinFuture tomonidan oshkor qilindi. 

Galaxy A13 4G tashqi ko‘rinishidan 5G modelga o‘xshaydi. Old panelda tomchisimon selfi kamera joylashgan bo‘lsa, orqa paneldan bir-biridan ajralib turgan kameralar va LED chirog‘i o‘rin olgan. Kameralar orqa paneldan bo‘rtib chiqib turmaydi. Bu esa smartfon tekkis yuzaga qo‘yilganda hech qanday muammoni keltirib chiqarmaydi. 

Qurilmaning o‘ng romida ovozni sozlash va quvvat tugmalari joylashgan bo‘lib, quvvat tugmasi bir vaqtning o‘zida barmoq izi skaneri vazifasini bajaradi. Suratlarda smartfonning chap rom tomoni ko‘rsatilmagan. Agar 5G modelning ushbu tomonida SIM-karta sloti joylashganini hisobga olsak, 4G modelda ham xuddi shunday bo‘ladi. 

Avvalroq Galaxy A13 4G modeli Exynos 850 hamda 3GB tezkor xotira bilan GeekBench 'da ko‘rinish bergan edi. Manba ushbu ma’lumotni tasdiqlaydi, ammo unda smartfon model raqami Sam-A135F, hozirgi ma’lumotdagi qurilmaning model raqami esa SM-A136 deb ko‘rsatilgan. 

Bu degani Galaxy A13 4G o‘z navbatida 4GB tezkor hamda 64GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Shuningdek, uning xotirasini microSD kartasi bilan ham kengaytirish mumkin bo‘ladi. 

Smartfonga 90Hz yangilanish chastotada ishlovchi FullHD+ rezolyutsiyadagi 6.6 dyuymli LCD displey o‘rnatilgan. Displeyning yuqori qismidan 8MP selfi kamera o‘rin olgan bo‘lsa, orqa paneldan 48MP asosiy kamera, 5MP ultrakeng kamera, 12MP makro kamera va 2MP sath kamera o‘rin olgan. 

Qurilmadagi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorni 15 vattda quvvatlash mumkin. Smartfon uch xilda rangda bo‘ladi va uning narxi Yevropada 200 dollardan boshlanadi. 

Galaxy A33 5G haqida gapiradigan bo‘lsak, avvalroq smartfonning renderlari sabab uning qanday dizaynda bo‘lishini bilib olgan edik. Edi esa qurilmaning rasmiy renderlari taqdim etildi. Unga ko‘ra smartfon to‘rt xil rangda sotuvga chiqadi. 

Manbaning ma’lum qilishicha, Galaxy A22 5G modeli Exynos 1200, 6GB tezkor, 128GB doimiy xotira hamda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. 

O‘QING: Redmi Note 11E 5G va 11E Pro smartfonlari taqdim etildi