Samsung Galaxy A14 5G modelidan nimalarni kutish mumkin?

Samsung Galaxy A14 5G modelidan nimalarni kutish mumkin?

Galaxy A14 5G smartfoni Google Play Console platformasida paydo bo‘ldi. Platforma qurilmaning displey texnik ko‘rsatkichlari, eng muhimi, u Exynos 1330 chipi bilan jihozlanishii haqida ma’lumot berdi. 

Chip 2.4 gigagertsli Cortex-A78 hamda 2.0 gigagertsli Cortex-A55 yadrolaridan tashkil topgan. Grafika uchun Mali-G68 javob beradi. Quyidaga suratda Exynos 1330 chipi 2022 yilgi Galaxy A va Galaxy M modellariga o‘rnatilgan Exynos 1280 hamda Dimensity 700 chipsetlari bilan taqqoslagan. 

Ushbu jadvalda nega Dimensity 700 chipi ham berilgan degan savol tug‘ilishi turgan gap. Geekbench natijalariga asoslanadigan bo‘lsak, Galaxy A14 modellaridan birortasi Exynos emas, balki aynan ushbu chip bilan jihozlanishi mumkin. Avvalroq Galaxy A13 5G modeliga ham Dimensity 700 chipi o‘rnatilgan, A13 4G esa Exynos 850 chipiga ega bo‘lgan edi. 

Aytgancha, yana bir yangi taqdim etiladigan Galaxy M15 5G qurilmasi ham Exynos 1330 chipida ishlashi mumkin. Bu avvalroq Geekbench'dagi ma’lumotlarda aytilgan edi. Samsung, shuningdek, bundan kuchliroq bo‘lgan Exynos 1380 chipini ham ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Chip Mali-G615 grafik protsessoriga ega bo‘lishi aytilmoqda. 

Smartfonga qaytadigan bo‘lsak, A14 5G modeli FullHD+ 6.8 rezolyutsiyadagi 6.8 dyuymli LCD displeyi bilan jihozlanadi. Suratdan ko‘rinib turibdiki, smartfon uchta kamera bilan jihozlanadi. Asosiy kamera 50MP, selfi kamera rezolyutsiyasi esa 13MP bo‘ladi. Gadjet 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy A14 5G shu yilning oxirigacha taqdim etilishi kerak. Hozircha ushbu modelning 4G versiyasi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. 

O‘QING: 200 vattda quvvat oluvchi smartfon taqdim etildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!