Samsung Galaxy A21s Geekbench'da

Samsung Galaxy A21s Geekbench'da

O‘tgan oy Samsung Galaxy A21 Geekbench benchmarkida sinovdan o‘tgan va qurilmaning asosiy texnik jihatlari ma’lum bo‘lgandi. Endi esa Samsung'ga tegishli va katta ehtimol bilan Galaxy A21s bo‘lgan smartfon benchmark sinovidan o‘tkazildi. Oshkor bo‘lgan jihatlar bilan quyida tanishamiz.Model raqami SM-A217F bo‘lgan Galaxy A21s hali taqdim qilinmagan Exynos 850 chipida ishlaydi. Tizim Android 10 bo‘lib, operativ xotira 3GB ni tashkil qiladi. Ammo boshqa tezkor xotira variantlari ham bo‘lishi kerak.

Geekbench'da smartfonning boshqa jihatlari ma’lum qilinmagan, biroq SamMobile saytining yozishicha, devaysning doimiy xotirasi 32GB yoki 64GB bo‘ladi. Korpus rangi to‘rt xil — qora, ko‘k, oq va qizil.

Yana yozilishicha, A21s'da 2 megapiksellik makro kamera ham bo‘ladi.

Qurilma qachon taqdim qilinishi hozircha noma’lum. Yaqin haftalar ichida smartfon haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lamiz. Bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: VIDEOTAVSIF: Hamyonbop Galaxy A20s bilan batafsil tanishamiz!