Samsung Galaxy A22 5G Geekbench'da ko‘rinish berdi

Samsung Galaxy A22 5G Geekbench'da ko‘rinish berdi

Internet nashrlarida bir necha kun avval Samsung'ning yangi Galaxy A22 smartfoni rasmlari tarqalgan edi. Endi esa qurilma Geekbench'da sinovdan o‘tdi.

O‘QING: Samsung Galaxy A32'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Galaxy A22'ning model raqami SM-A226B bo‘lib, u Mediatek Dimensity 700 chipi bilan jihozlangan. Smartfon 6GB tezkor xotiraga ega va Android 11 tizimida ishlaydi. Bir yadrolik sinovda qurilma 562 ball qayd etgan bo‘lsa, ko‘p yadroli sinovda 1755 ball qayd etgan.

Galaxy A22 5G 48MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng, 2MP makro va 2MP sath kameralariga ega. Selfi kamera rezolyusiyasi 13MPni tashkil qiladi. Qurilma 200 dollar atrofida sotuvga chiqishi taxmin qilinmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy Z Fold3 haqida yangi ma’lumotlar tarqaldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!