Samsung Galaxy A22 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy A22 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Bu yil 5G tarmog‘iga ega bo‘lgan hamyonbop smartfonlar bozorida kuchli raqobat paydo bo‘ldi. Samsung yil boshida Galaxy A32 5G smartfoni, uning ortidan esa Galaxy A52 5G hamda A72 5G smartfonlarini sotuvga chiqardi. Endi esa kompaniya Galaxy A22 5G qurilmasining sotuvini boshladi. Galaxy A22 ham o‘z ''akalariga'' o‘xshab 5G va 4G talqinlarda sotuvga chiqdi. Yana bir marotaba Samsung 5G tarmog‘iga ega bo‘lgan byudjet smartfonni ayrim yaxshi jihatlardan mahrum qilgan.

O‘QING: OnePlus Nord 2 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

4G talqindagi Galaxy A22 5G tarmog‘iga ega bo‘lgan Galaxy A22'dan ayrim texnik jihatlar bo‘yicha ustun. Misol uchun, oddiy Galaxy A22 Super AMOLED displeyi, 8MP ultrakeng hamda 2MP makro kameralari bilan ishlovchi yaxshi darajadagi asosiy kameraga ega. 4/64GB xotiraga ega bo‘lgan 4G versiyadagi Galaxy A22 209 yevroni tashkil qiladi.

Foto: GSMArena

Boshqa bir tomondan esa Galaxy A22 5G smartfoniga 239 yevro to‘lab, 90Hz LCD displeyiga ega bo‘lasiz. Biroq LCD displey AMOLED displeyidan farqli ravishda, yuqoriroq bo‘lgan FHD+ rezolyusiya hamda 90Hz ekran yangilanish chastotasiga ega. AMOLED displeyning rezolyusiyasi 720p+, ekran yangilanish chastotasi esa 60Hz ni tashkil qiladi.

Galaxy A22 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 167.2x76.4x9.0 mm, 203g; old shisha, orqa panel plastik, plastik rom.

> Displey: 6.50 dyuymli TFT, 90Hz ekran yangilanish chastotasi, 1080x2400 piksel rezolyusiya, 399ppi zichlik.

> Chipset: MediaTek MT6833 Dimensity 700 5G (7 nm): sakkiz yadroli (2x2.2 GHz Cortex-A76 & 6x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G57 MC2.

> Xotira: 4/64GB, 4/128GB, 6/128GB, 8/128GB; microSDXC sloti.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, One UI 3.1.

> Kamera:Asosiy kamera: 48MP, f/1.8, PDAF; •Ultrakeng kamera: 5MP, f/2.2, 115-daraja, 1/5.0“, 1.12µm; •Sath kamera: 2 MP, f/2.4.

> Selfi kamera: 8 MP, f/2.0, (keng).

> Video yozuv:Asosiy kamera: 1152p@30 kadr/sek; •Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 5,000 mAs; 15 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); 3.5 mm audio jek.

Smartfon Dimensity 700 chipi bilan jihozlangan hamda maksimal 2K rezolyusiyada videoga oladi.

Samsung kompaniyasi Galaxy A22'ni A seriyasidagi eng ko‘p sotiladigan smartfonlardan biri bo‘lishiga ishonmoqda. Kompaniya smartfon uchun “Barcha uchun eng zo‘ri“ tegini ham yaratdi. Qurilma Android 11 operatsion tizimiga asoslangan One UI 3.1 grafik qobig‘ida ishlaydi. Samsung esa smartfonni bir necha yil davomida dastur yangilanishi bilan ta’minlaydi.

Qadoq tarkibi

Smartfon oq rangli qutida sotiladi. Quti ochilgan vaqt, smartfonning barcha tomonlari plastik o‘ram bilan himoyalangan bo‘ladi. Qutidan, shuningdek, 18 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli o‘rin olgan.

Foto: GSMArena

O‘QING: Samsung Galaxy A32 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz