Samsung Galaxy A22 smartfoni taqdim etildi

Samsung Galaxy A22 smartfoni taqdim etildi

Samsung kompaniyasi nihoyat Galaxy A22 smartfonini rasman taqdim etdi. Bu yilgi A seriya smartfonlariga katta o‘zgartirishlar kiritildi.

Galaxy A21 smartfoniga qaraganda, Galaxy A22 yangi dizayn, kuchliroq protsessor hamda yaxshiroq displey bilan jihozlangan.

O‘QING: One UI 4.0 (Android 12) gacha yangilanuvchi Galaxy'lar ro‘yxati bilan tanishamiz

Samsung smartfonning narxi va qaysi hudud bozorlari uchun ishlab chiqarilishi haqida ma’lumot bermadi. Ushbu ma’lumotlar keyinchalik kompaniya tomonidan e’lon qilinishi kutilmoqda.

Galaxy A22 6.4 dyuymli Super AMOLED Infinity-U displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, displey HD+ rezolyutsiya va 90Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma Android 11 tizimida ishlaydi. Smartfonning ravon ishlashi uchun esa sakkiz yadroli MediaTek Helio G80 chipi javob beradi. Galaxy A22'ning 4/64GB, 4/128GB hamda 6/128GB xotiraga ega bo‘lgan talqinlari mavjud.

Qurilmaning selfi kamerasi 13MP ni tashkil qiladi. Orqa panelda kamera moduli joylashgan bo‘lib, ushbu kamera moduli to‘rtta: 48MP asosiy, 8MP ultrakeng, 2MP makro, 2MP sath kameralardan iborat. Smartfon quloqchin va qo‘shimcha karnaylar uchun Dolby Atmos funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Samsung Galaxy A22 smartfonida barmoq izi skaneri qurilmaning yon tomonida joylashgan. Smartfonning xotirasini microSD bilan kengaytirish mumkin. Shuningdek, qurilmadan 3.5 mm audio jek ham o‘rin olgan.

Galaxy A22'ga 5,000 mAs hajmli akkumulyator o‘rnatilgan. Qurilma to‘rt xil: Black, White, Violet hamda Mint ranglarda sotila boshlaydi.

O‘QING: Samsung Galaxy A72'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz