Samsung Galaxy A23 smartfoni Geekbench ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi

Samsung Galaxy A23 smartfoni Geekbench ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi

Samsung 2022-yilda o‘zining bir necha byudjet sinfiga mansub bo‘lgan smartfonlarini yangilaydi. Kecha yangi Galaxy A23 va A23 5G modellariga oid yangi ma’lumotlar sizdirildi. 

Galaxy A23 smartfoni SM-A235F model raqami bilan Geekbench ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi. Smartfon plata raqami qurilma Snapdragon 680 chipi hamda 4GB tezkor xotira bilan jihozlanganini ko‘rsatib berdi. U Android 12 operatsion tizimida ishlaydi.

Galaxy A23 5G modeliga to‘xtaladigan bo‘lsak, U MediaTek Dimensity 700 chipiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ushbu modelga 6.55 dyuymli displey o‘rnatiladi. Orqa paneldan 50MP asosiy, 8MP ultrakeng, 2MP makro va 2MP Sath kameralari o‘rin oladi. 

Qurilmalarda 3.5 mm audio jek hamda yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri bo‘ladi. Smartfon korpus o‘lchamlari 165.4 x 77 x 8.5 millimetrni tashkil qiladi. 

Xuddi shu manba A23 4G modeli 6.4 dyuymli IPS LCD displeyiga ega bo‘lishi haqida ma’lumot bermoqda. Ikkala smartfon mart oyi oxirlarida taqdim etishi kutilmoqda. 

O‘QING: Nokia o‘zining yangi smartfonini taqdim etdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!