Samsung Galaxy A24 rasmiy narxi ma'lum bo'ldi!

Samsung Galaxy A24 rasmiy narxi ma'lum bo'ldi!

O'tgan hafta Samsung o'zining Galaxy A katalogida smartfonlarini yana bitta ko'paytirdi – kompaniyaning Vetnamdagi veb-saytida Galaxy A24 smartfonining rasmiy sahifasi paydo bo'ldi. Unga ko'ra qurilma quyidagicha texnik xususiyatlarga ega:

Galaxy A24
Ekran

6.5 dyuym
Super AMOLED
FHD+ rezolyutsiya
Infinity-U ramka
90 gerts yangilanish tezligi
1000 nit maksimal yorqinlik

Kameralari

50 MP asosiy
5 MP ultra-keng
2 MP makro

13 MP selfi kamera

Chipset

MediaTek Helio G99

RAM/xotira 

6 GB + 128 GB

8 GB + 128 GB

Batareya & zaryadlanishi

5,000 mA/soat & 25 Vt

Galaxy A24 birinchi bo'lib Vyetnamda sotuvga chiqmoqda va endilikda ma'lum bo'lishicha uning narxi quyidagicha:

  • 6/128 GB xotira konfiguratsiyasi uchun 6 490 000 Vetnam dongi yoxud ≈276 dollar;
  • 8/128 GB xotira konfiguratsiyasi uchun 6 990 000 Vetnam dongi yoxud ≈298 dollar.

Smartfon O'zbekiston bozoriga kelishi ehtimoli yo'q emas.