Samsung Galaxy A30s hamda Galaxy A50s taqdim qilindi.

Samsung Galaxy A30s hamda Galaxy A50s taqdim qilindi.

Samsung kompaniyasi A seriyasining yangilingan smartfonlari Galaxy A30s va Galaxy A50s’ni taqdim qildi. Ta’kidlash joizki, A50 modeli o‘tgan chorakda Yevropada barcha raqobatchilarini ortda qoldirgan holda, eng ko‘p sotilgan smartfonga aylangandi.

Shunday qilib, smartfonlar barcha kutganidek bo‘lib chiqmadi – ya’ni, platforma o‘zgarmagan. Demak, eski smartfonlarni samaradorlik tufayli yangisiga almashtirishdan ma’no yo‘q.

Galaxy A30s modeli Exynos 7904 protsessorini saqlab qolgan, ekran ham avvalgidek 6,4 dyumli Super AMOLED. Eng qizig‘i agar Samsung’ga ishonadigan bo‘lsak displey aniqligi Full HD+ o‘rniga HD+’ga o‘zgargan. Bu saytdagi xatolik bo‘lishi ham mumkin.

Ammo, endi ushbu modelda barmoq izi skaneri Galaxy A50’dagi singari displeyning o‘zida joylashgan. Shuningdek, smartfonga A50’ning uchtalik asosiy kamerasi o‘rnatilgan. U 25, 8 va 5 MPlik datchiklarni o‘z ichiga olgan. Bu faqat yaxshilikka deganlar adashadi, ayrim suratlarni A50’dan ko‘ra A30 yaxshiroq olganligini ko‘rganmiz. Old kamera ham 16 MPgicha qolgan.

Tezkor xotira ham o‘zgarmagan – 3 yoki 4 GB. Doimiy xotira esa 32 dan 128 GB gacha bo‘lishi mumkin. Akkumulyator ham 4000 mA/soat ko‘rsatkichda qolgan. 15 vattlik tezkor quvvatlash rejimi ham mavjud. Korpus ham deyarli o‘zgarmagan va 166 gramm og‘irlikda korpus o‘lchami 158.5 x 74,7 x 7,8 mm ni tashkil qilgan. Faqat, orqa panel endi o‘zgacha jilolanadi.

Galaxy A50s esa yanada kamroq o‘zgarishlarni boshdan kechirgan. Unda ekran (Full HD+), xotira (4 yoki 6 GB tezkor va 54 yoki 128 doimiy), platforma (Exynos 9610) va akkumulyator (4000 mA/soat) o‘zgarishsiz qolgan. Shunday ekan, yagona asosiy yangilik bu kameraga tegishli.

 

Old kamera 25 MP o‘rniga 32 MP’ga o‘zgargan. Asosiy uchtalik kamera 48, 5 va 8 MPlik datchiklardan tashkil topgan – ya’ni, asosiy datchik o‘zgargan. Agar Galaxy A50 ayrim raqobatchilariga kamera borasida yutkazgan deydigan bo‘lsak, yangilangan model bu borada muammolarga uchramasa kerak.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Galaxy A50s barcha parametrlarini saqlagan holda faqat kamera yaxshilanishiga erishgan. Galaxy A30s esa displey osti barmoq izi skaneri va yangi kameraga ega bo‘lgan. Agar press-relizda xatolik yo‘q bo‘lsa, unda Galaxy A30s’ning ekrani aniqligi avvalgiga qaraganda yomonlashgan. Smartfonlar sentyabr oyidan sotuvga chiqarilishini taxmin qilmoqdamiz.

O‘QING: Terashop.uz’da barcha Samsung smartfonlari narxlari bilan tanishing (2019 yil 20 avgust)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!