Samsung Galaxy A31 taqdim qilindi

Samsung Galaxy A31 taqdim qilindi

Hamyonbop smartfonlar guruhiga mansub Samsung Galaxy A31 smartfoni taqdim qilindi. Bu haqida Samsung'ning rasmiy saytiga tayanib, GSMArena xabar bermoqda.6.4 dyuymli Super AMOLED displeyining forma faktori sabab Galaxy A31 toifadoshi Galaxy M31'ga nisbatan bo‘yiga uzunroq. Bundan tashqari, A vakilining barmoq izi skaneri orqa panelga emas, ekran ostiga o‘rnatilgan.Ekran rezolyutsiyasi 1080p+ bo‘lib, 20 megapiksellik selfi kamera uchun «U»simon tirqishga ega. 20:9 forma faktori A31'ning M31'dan 2 millimetr ingichkaroq va biroz yengilroq bo‘lishini ta’minlagan.Orqa tomondagi to‘rt linzali kamera moduli dizayn va funksiya borasida M31'dagiga o‘xshash. Kameralar qatoriga 48MP asosiy (f/2.0 apertura, 0.8µm piksel), 8MP ultra-keng burchakli (123° ko‘rish maydoni), 5MP makro va 5MP sath kameralari kiradi.Kompaniya qurilmaning chipi haqida unchalik ko‘p ma’lumot taqdim qilmagan, ammo benchmark sinovlaridan ayon bo‘lishicha, Galaxy A31 MediaTek Helio P65 chipida ishlaydi. SoC ikkita Cortex-A75 asosiy protsessor yadrosidan iborat bo‘lib, bu Galaxy M31'dagi Cortex-A73'ga nisbatan yangi va kuchliroqdir.Xotira sig‘imi esa standart 4/64GB yoki 6/128GB bo‘ladi, microSD karta uyasi orqali esa 512GB’gacha bo‘lgan xotira kartasi qo‘llab-quvvatlanadi.

USB-C porti orqali 15 vattda quvvatlanuvchi akkumulyatorning sig‘imi esa 5 000 mA/soatga teng.Smartfon (old tomon hoshiyasi va kamera bo‘rtmasi ham) Prism Crush Black, Prism Crush Blue, Prism Crush Red va Prism Crush White ranglarida bo‘ladi. Sotuvlar qachondan boshlanishi va qurilma narxi yaqin orada ma’lum bo‘ladi.O‘QING: Samsung Galaxy A41 taqdim qilindi