Samsung Galaxy A32'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy A32'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

4 kattami yoki 5? Albatta, bu savolga javob tayin, biroq A32 borasida bunday emas. Samsung Galaxy A32 smartfoni 4G yoki 5G aloqasini qo‘llab-quvvatlovchi ikkita talqinda namoyish etilgan. Qiziq jihati shundaki, qurilmaning biz hozir ko‘rib chiqayotgan 4G versiyasi bir necha jihatdan yangi avlod aloqasini qo‘llab-quvvatlovchi egizagidan ustunroq.

O‘QING: Samsung Galaxy A42 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Avvalo, ikki smartfonning displeyi butunlay boshqacha. Galaxy A32 4G qurilmasi 90Hz 1080p AMOLED panel bilan jihozlangan bo‘lsa, 5G talqini 60Hz 720p LCD ekranga ega. LTE modelining asosiy va selfi kameralari rezolyutsiyasi ham kattaroq.

A32 5G'ning ko‘zga ko‘ringan asosiy afzalligi 5G aloqasini qo‘llab-quvvatlovchi, yangiroq yadrolarga ega, nisbatan kuchliroq chipsetidir.

Agar siz haqiqiy Samsung fanati bo‘lmasangiz va boshqa kompaniyalar smartfonlariga ham qiziqsangiz, A32 narxiga anchayin yaxshiroq protsessorli boshqa smartfonlarni xarid qilsangiz bo‘ladi.

Qurilmaning kameralari o‘ta quyi darajada emas. 64MP asosiy kameraga 8MP ultrakeng, 20MP selfi kameralar hamroh qilingan.

Samsung Galaxy A32 4G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 158.9x73.6x8.4 mm, 184 g; old panel shishadan, orqa panel va rom plastikdan ishlangan.

> Displey: 6.40" Super AMOLED, 90Hz, 1080x2400p rezolyutsiya, 20:9 tomonlar nisbati, 411ppi zichlik.

> Chipset: Mediatek Helio G80 (12 nm): sakkiz yadroli (2x2.0 GHz Cortex-A75 & 6x1.8 GHz Cortex-A55); Mali-G52 MC2.

> Xotira: 64GB 4GB RAM, 128GB 4GB RAM, 128GB 6GB RAM, 128GB 8GB RAM; microSDXC (maxsus slot).

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, One UI 3.1.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 64 MP, f/1.8, 26 mm, PDAF; •Ultrakeng: 8 MP, f/2.2, 123˚, 1/4.0", 1.12µm; •Makro: 5 MP, f/2.4; •Sath: 5 MP, f/2.4.

> Old kamera: 20 MP, f/2.2 (keng).

> Video yozuv: •Orqa kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30/120 kadr/sek.; •Old kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 5,000 mAs; 15 Vt da tezkor quvvatlash.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); 3.5 mm audio jek.

Qadoq tarkibi
A32 4G oddiy karton qutida sotiladi, ustiga esa smartfon tasviri tushirilgan. Qadoq ichidagi adapter eskicha (2014-yilgi) Adaptive Fast Charging toifasida bo‘lib, devaysga 15 Vt da quvvat beradi. Bulardan tashqari, USB-C kabeli ham qadoq tarkibidan joy egallagan. Quloqchinlarni qidirib esa ovora bo‘lmang.

O‘QING: Galaxy A52'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.