Samsung Galaxy A33 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy A33 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Bu yilgi barcha A seriyadagi smartfonlar yangilandi. Ayrim smartfonlarda katta o‘zgarishlar kuzatildi. Ayniqsa, bu borada Galaxy A33 5G modeli ajralib turadi. Chunki smartfon haqiqatdan ham katta o‘sishga erisha olgan. 

Smartfon IP67 standartiga ega bo‘ldi. Endi u to‘liq suvdan himoyalangan. Odatda IP standarti flagman smartfonlarda bo‘lar edi. Biroq o‘tgan yildan Samsung o‘zining Galaxy A72 va A52 modellarini ushbu standart bilan jihozlagan edi. Endi A73, A53 bilan bir qatorda A33 ham ushbu ro‘yxatga kirishga muvaffaq bo‘ldi. 

Galaxy A33 5G xuddi o‘tgan yilgi A32 model kabi 90 gertsda ishlovchi AMOLED displey bilan jihozlangan. Biroq A32'dan farqli o‘laroq unga ancha kuchliroq Exynos 1280 chipi o‘rnatilgan. Ushbu chip 5G modem va o‘yin o‘ynashga yaxshi moslashgan grafik protsessorga ega. 

Kameralar ham takomillashdi. 48MP asosiy kamera optik stabilizatsiyaga ega bo‘ldi hamda u 4K formatni qo‘llab-quvvatlaydi. 13MP selfi kamera bilan ham 4K formatda videoga olish mumkin. 

Shuningdek, smartfonga stereo dinamiklar ham o‘rnatildi. Ushbu imkoniyat ham asosan flagman yoki yuqori darajadagi o‘rta toifa smartfonlarda bo‘lar edi. Qurilmaning quvvatlanish tezligi 25 vattga oshdi. Bu ham yaxshi yangilik. 

Samsung Galaxy A33 5G'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 159.7x74.0x8.1mm, 186g; old panel shisha (Gorilla Glass 5), orqa panel plastik, plastik rom; IP67 standarti. 

> Displey: 6.40 dyuymli Super AMOLED, 90 gerts, 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 411ppi zichlik. 

> Chipset: Exynos 1280 (5 nm): Sakkiz yadroli (2x2.4 GHz Cortex-A78 & 6x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G68. 

> Xotira: 4/128GB, 6/128GB, 8/128GB, 8/256GB; microSDXC. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, One UI 4.1. 

> Kamera: Asosiy kamera: 48MP, f/1.8, 26mm, 1/2.0“, 0.8µm, PDAF, OIS; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.2, 123˚, 1/4.0“, 1.12µm; Makro kamera: 5 MP, f/2.4; Sath kamera: 2MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: 13MP, f/2.2, (keng), 1/3.1“, 1.12µm. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30/120 kadr/sek; Selfi kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 5,000mAs; 25 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasi. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); stereo dinamik. 

Katta o‘zgarishlar, ammo kamchiliklar ham yo‘q emas. Misol uchun, qurilmadan 3.5 mm audio jek olib tashlangan. Shuningdek, endi smartfonga faqat bitta SIM-karta va microSD kartasi qo‘yish mumkin. Avvalgi A32 modelida esa ikkita SIM-karta bilan qo‘shimcha microSD qo‘yishning imkoni bor edi. 

Qadoq tarkibi 

Smartfon kichik va ingichka qutida keladi. Uning ichida smartfon bilan faqat USB-C kabeli bo‘ladi xolos. Hech qanday quvvlash adapteri va quloqchinlar yo‘q. 

Foto: GSMArena 

Qutidagi USB-C kabeli 25 vatt quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. 

O‘QING: Honor Magic4 Lite'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!