Samsung Galaxy A34 va A54 taqdimot sanasi ma'lum bo'ldi!

Samsung Galaxy A34 va A54 taqdimot sanasi ma'lum bo'ldi!

Sir emaski, Samsung shu kunlarda o'zining yangi Galaxy A smartfonlarini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Bir necha oylik mish-mishlardan so'ng, kompaniya endilikda yangi smartfonlarni tizer qilishni boshladi.

Samsung kompaniyasi o'zining rasmiy veb-saytida yangi Galaxy A54 smartfonining tizer bannerlarini joylashtirgani payqab qolindi. Reklama suratida avval tarqatilgan renderlarni tasdiqlaydi: Galaxy A54 uchlik kameraga ega. Uni siz ikki xil rangda ko'rishingiz mumkin.

Shuningdek, tizerda Galaxy A54 5G xiralashishlarsiz tasvirlar olish imkonini beradigan "pro daraja"dagi kameraga ega bo'ladi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, qurilma Single Take, No Shake Cam (OIS) va Nightography xususiyatlarini qo'llab-quvvatlaydi.

Samsung'ning Hindistondagi bo'limi veb-sayti esa muxlislarni 16-mart kuni bo'lib o'tadigan Galaxy A smartfonlari taqdimotiga taklif qiladi. Garchi unda aynan qaysi smartfonlar taqdim qilinishi aytilmagan bo'lsa ham, biz ularning qaysi modellar ekanligini juda yaxshi bilamiz.

Taklifnomaga ko'ra, o'sha smartfonlar IP67 sertifikati, qo'ng'iroqlarda atrofdagi shovqinlarni kamaytiradigan xususiyat, Samsung Wallet, Knox Security, 5G Smart Hotspot funksiyasi ega va ular 4 yillik tizim yangilanishi bilan 5 yillik xavfsizlik yagilanishlarini qabul qiladi.

Shunday qilib, Samsung Galaxy A34 5G va Galaxy A54 5G smartfonlari 16-mart kuni Hindistonda taqdim qilinishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!