Samsung Galaxy A41 taqdim qilindi

Samsung Galaxy A41 taqdim qilindi

Hozirga qadar Samsung'ning o‘rta toifa A41 smartfoni haqida bir necha mish-mishlar tarqalgan edi. Mana, va nihoyat kompaniya kutilgan qurilmasini taqdim qildi.

Yaponiyada namoyish qilingan devays do‘kon rastalariga joriy yilning iyun oyidan chiqarila boshlaydi.

Ta’kidlash kerakki, o‘tgan yilgi A40'ning davomchisi bo‘lgan Galaxy A41'ning texnik jihatlari anchayin kuchaytirilgan. Displey diagonali 6.1 dyuym bo‘lib, FHD+ Super AMOLED toifaga mansub. Old panelda tomchi kamera saqlab qolingan va selfilar uchun 25 megapiksellik linza qo‘yilgan. Barmoq izi skaneri orqa korpusga emas, ekran ostiga ko‘chirilgan.Aksariyat A seriya smartfonlardan farqli, A41'da orqa kamera moduli vertikaliga joylashgan. Kameralar rezolyusiyasi ham oshirilgan bo‘lib, asosiy linza 48MP, ultra-keng burchakli kamera 8MP va sath kamerasi 5MPdir.

Helio P65 protsessoriga sherik qilib, 4GB tezkor va 64GB doimiy xotira sig‘imi o‘rnatilgan. 3 500 mA/soat sig‘imli akkumulyatorni esa 15 vattda quvvatlash mumkin. Shuningdek, A41 suv va changga chidamlilikning IP68 nominaliga ega.

Ranglar borasida esa Samsung A41'ni ko‘k, qora va oq ranglarda ishlab chiqarishi mumkin. Hozircha smartfon narxi va jahon bozoridagi sotuvi borasida hech qanday rasmiy ma’lumot mavjud emas, biroq bu jihatlar ham tez kunlarda ma’lum qilinishi kerak.

O‘QING: Nihoyat, Samsung kutilganidan ham arzon «Vattomonstr»ini taqdim etdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.