Samsung Galaxy A42 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy A42 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy A42 5G — juda g‘alati smartfon. Taqdim qilinishidan oldin bir necha hafta davomida kompaniya uni eng arzon 5G smartfon deb maqtab reklama qilgandi. Qurilmaning barcha jihatlari ma’lum bo‘lgach, A42 o‘zidan oldingi nisbatan ixchamroq A40 va A41'lardan anchayin katta qurilma ekani ayon bo‘ldi. Faqat bu emas, yangi Galaxy A42 5G qurilmasi katta sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lgani bois o‘yin o‘ynashga ham mos smartfon hisoblanadi. Ha, Galaxy A42 5G g‘alati, lekin ijobiy ma’noda g‘alati.

Galaxy A42 5G'da undan oldingi A41'ning chiroyli dizaynidan qochilmagan. Qahramonimiz yanada jozibaliroq Prism Dot dizayniga ega. Samsung qurilmaga kattaroq — 6.6 dyuym diagonalli Super AMOLED ekran qo‘ygan.

O‘QING: Samsung Galaxy M51'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

Eng yangi o‘rta toifa A42 smartfoni 5G modemga ega Snapdragon 750 chipida ishlaydi. Smartfonga quvvatni 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator yetkazib beradi.

Galaxy A42 5G Galaxy A41 bilan bir xil kamera jamlanmasiga ega, faqat unga 5MP sath kamerasi qo‘shilgan. Asosiy kamera 48MP, ultrakeng kamera 8MP va makro kamera esa 5MP rezolyutsiyaga ega. Old tomonda esa 20MP f/2.2 kamerasi bor.

A42 o‘zidan oldingi A41'da bor bo‘lgan barcha jihatlar: 3.5 mm audio jek, FM radio, microSD karta sloti va ikki karra ko‘p 128GB UFS 2.1 xotirasini o‘zida jamlagan.

Keling, endi qurilmaning texnik jihatlariga bir nazar solsak.

Samsung Galaxy A42 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 164.4x75.9x8.6 mm, 193 g; plastik korpus.

> Displey: 6.60" Super AMOLED, 720x1600 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 266 piksel/dyuym zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM7225 Snapdragon 750 5G (8 nm) - rasman tasdiqlanmagan: sakkiz yadroli: (2x2.2 GHz Kryo 570 & 6x1.8 GHz Kryo 570); Adreno 619.

> Xotira: 4/128GB, 6/128GB, 8/128GB; UFS 2.1; microSDXC (SIM karta bilan bitta slotda).

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 10, One UI 2.5.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 48MP, f/1.8, 1/2.0", 0.8µm, PDAF; •Ultrakeng: 8MP, f/2.2, 123˚; •Makro: 5 MP, f/2.4; •Sath: 5 MP, f/2.4.

> Old kamera: 20 MP, f/2.2, (keng).

> Video yozuv: •Orqa kamera: 4K@30 madr/sek., 1080p@30 kadr/sek., 720p@480 kadr/sek.; •Old kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 5000 mAs; 15 Vt tezkor quvvatlash.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); NFC; 3.5 mm audio jek.

O‘yinga ixtisoslashgan smartfonda yana bir jihat bo‘lishini xohlardik. U ham bo‘lsa stereo dinamiklar.

Qadoq tarkibi

Samsung Galaxy A42 5G ixcham karton qutida sotiladi. Qadoq ichida 15 Vt lik zaryadchik, USB-C kabeli, arzon quloqchinlar va silikon himoya g‘ilofi bor.

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy A21s

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!