Samsung Galaxy A5 (2017) benchmark testlarida ko‘rindi

Samsung Galaxy A5 (2017) benchmark testlarida ko‘rindi

Samsung kompaniyasi 2015 yilning boshida to‘liq metall korpusli va yaxshi parametrlarga ega A seriyadagi smartfonlarni taqdim etgan edi. Ushbu seriyadagi smartfonlar, asosan, 3 versiyada ishlab chiqariladi. Ta’kidlash kerak, kompaniyaning aynan mana shu seriyadagi qurilmalari xaridorlar orasida juda ommalashgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, kompaniya oradan bor-yo‘g‘i 9 oy o‘tib mazkur seriyaning yangi avlodini tayyorladi. Yangi avloddagi Galaxy A3, A5 va A7 (2016) smartfonlari o‘z o‘tmishdoshlaridan kuchaytirilgan parametr va funksiyalar, jumladan, barmoq izi skaneri, optik barqarorlashtirish xususiyatiga ega kameralar bilan ajralib turadi. Ayniqsa, Galaxy A3 (2016) modeli arzon narxi va chiroyli dizayni bilan yurtimizda ko‘p foydalanuvchilarning diqqatini jalb etdi.

Kuni kecha test-benchmarklarida ko‘ringan modellar, Janubiy Koreyalik gigant ushbu seriyaning yangi avlodini tayyorlayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni tasdiqladi. Yangi avlod smartfonlari SM-A320F, SM-A520F va SM-A720F model kodlari bilan nomlanadi. Shuningdek, Hindistonga sinov uchun yuborilgan SM-A520F (Galaxy A5 (2017) Zauba ma’lumotlar bazasida qayd etilgan. Hozircha seriyaning qachon taqdim etilishi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q. Ammo yangi modelning texnik ko‘rsatkichlari qisman ma’lum bo‘lgan.

Geekbench benchmarkidagi axborotlarga qaraganda, SM-A520F 8 yadroli Exynos 7880 protsessorida va Android 6.0.1 Marshmallow versiyasida ishlaydi. Ekran kattaligi 5,2 dyuym, tezkor xotira hajmi deyarli 3 GB. Kamera va boshqa asosiy funksiyalar bo‘yicha hali ma’lumot berilmagan. Yangi seriya har doimgidek yil oxirida namoyish etilishi taxmin qilinmoqda.

galaxy-a5-2017-1-720x450