Samsung Galaxy A50 tizim yangilanishidan so‘ng yaxshiroq quvvatlanadi

Samsung Galaxy A50 tizim yangilanishidan so‘ng yaxshiroq quvvatlanadi

Samsung o‘zining o‘rta toifa Galaxy A50 smartfoniga tizim yangilanishi taqdim etdi. Yangilanishdan so‘ng smartfon takomillashtirilgan quvvat olish algoritmiga ega bo‘ladi, barmoq izi skanerining ishlashi yaxshilanadi. 

Yangilanish xabarida, shuningdek, tizimning barqarorlik borasidagi qator kamchiliklari ham sozlanishi aytilmoqda.

A505FDDU2ASH3 nomli ushbu yangilanish 320 megabayt hajmga ega bo‘lib, gadjetni avgust oyi xavfszilik patchi bilan ham ta’minlaydi.

Qizig‘i, joriy yangilanish elementi sifatida Snapchat ilovasi ham smartfonga avtomatik ravishda o‘rnatilib qoladi. Ilgariroq, foydalanuvchilarni hayron qoldirgani holda, Galaxy A70'da ham tizim yangilanishidan so‘ng ba’zi uchinchi tomon ilovalari paydo bo‘lgan edi, biroq bu ilovalarni o‘chirib yuborish mumkin bo‘lgan. Buning Galaxy A50'da ham iloji bor-yo‘qligini tez fursatlarda bilib olamiz. 

Yangilanish hozirda Hindistonga taqdim qilindi. Keyingi bir necha hafta ichida boshqa hududlardagi mijozlarga ham jo‘natilishi kutilmoqda. 

O‘QING: Yana uchta Samsung smartfoni xususiyatlari haqida xabar tarqaldi