Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz

Bo‘limlar:
1. Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Kirish

2. Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Dizayn

3. Laboratoriya sinovlari — displey, akkumulyator avtonomligi, audio sifati

4. Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Qadoqdan Android 10 va One UI 2

5. Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Kamera borasidagi sezilarli o‘zgarishlar

Samsung'ning 2019 yilgi A-seriyasi flagmanlar narxida bo‘lmagan, biroq o‘zining funksionalligi bilan maqtana olgan gadjetlardan iborat bo‘ldi va 2020 yilda ham Samsung bu smartfonlar nomiga 1 sonini qo‘shib chiqara boshladi. Shunday qilib, o‘rta toifa Galaxy A51 dunyoga keldi.

Galaxy A50 va A51'ni yonma-yon qo‘ysangiz, devays nomidagi 1 anchagina farqni ko‘rsatishini ko‘rish mumkin. Masalan, A51'da 5 megapikselli yana bitta kamera mavjud, o‘rnatilgan chip ham 1 ta kuchliroq — A51 Exynos 9611 chipida ishlasa, o‘tgan yilgi bestsellerga 9610 qo‘yilgandi. Ekran hajmi ham 0.1 dyuymga oshirilgan va hokazo.Keling, endi raqamlarga emas, balki aktual o‘zgarishlarga e’tibor qarataylik. Yangi modelda A50'ning 25 megapikselli odatiy modulidan farqli 48MP Quad Bayer linzasi asosiy kamera qilib qo‘yilgan. 123 daraja ko‘rish burchagiga ega ultrakeng burchakli linza ham megapiksellar borasida takomillashgan: 12MP; A50'da esa 8 megapikselli modul ishlatilgandi.

Old kamera borasidagi bu o‘zgarishni yaxshilanish deb bilasizmi yo‘qmi, buni baholashni o‘zingizga qoldiramiz — A51'ning yuqori tomon o‘rta qismida aylana tirqish joylangan; A50'da esa tomchisimon kamera qo‘yilgan. Infinity-U o‘rniga Infinity-O yechimidan foydalanilgan. Kameraning o‘zi esa, albatta, takomillashtirilgan: 25 megapikselli kamera 32MP Quad Bayer bilan almashtirilgan.

Samsung Galaxy A51'ning texnik jihatlari

•Korpus: Old panel shishadan (Gorilla Glass 3), rom va orqa panel polikarbonatdan ishlangan;

•Displey: 6.5 dyuymli Super AMOLED, 20:9, FHD+ (1080x2400px), 405 piksel/dyuym;

•Orqa kamera: Asosiy: 48MP, 1/2“ sensor o‘lchami, 0.8µm piksel hajmi, 26 mm ga teng fokus uzunligi, f/2.0 diafragma. Ultrakeng burchakli: 12MP, 1.12µm, 13 mm, f/2.2. Makro: 5MP, 25 mm, f/2.4. Sath kamerasi: 5MP, 1/5“, 1.12µm, f/2.2. LED chiroq; [email protected] kadr/soniya video yozuv;

•Old kamera: 32MP, 1/2.8“, 0.8µm, 26 mm, f/2.2. [email protected] kadr/soniya video yozuv;

•Chip: Exynos 9611: sakkiz yadroli asosiy protsessor (4 ta 2.3 GHz Cortex-A73 & 4 ta 1.7 GHz Cortex-A53), Mali-G72 MP3 grafik protsessori;

•Xotira: 4/64GB, 4/128GB yoki 6/128GB versiya, UFS 2.0; 1TBgacha microSD karta uchun uya;

•OT: Android 10; Samsung One UI 2.0;

•Akkumulyator: 4,000 mA/soat, 15 vatt quvvatlash;

•Aloqa: Qo‘sh-SIM karta (4G), Bluetooth 5.0, Wi-Fi a/b/g/n/ac, USB-C; 3.5 mm audio jek;

•Boshqa: ekranosti barmoq izi skaneri.

Samsung Galaxy A51 qadog‘i

Yangi A-seriyalarning mijozga taqdim qilinishi borasida o‘zgarish qilinmagan. Galaxy A51 old qadoqa sotiladi. Qadoq ustiga smartfon rasmi silliq teksturada chiqarilgan va model raqami yozib qo‘yilgan.

Qadoq ichida, albatta, qahramonimiz Galaxy A51 bo‘ladi. Sinalgan QC2.0'ga asoslangan Samsung Adaptive Fast Charging 15 vattli quvvatlagich va USB A-to-C kabeli ham mavjud. Samsung oddiy quloqchinlarni ham qadoq tarkibiga solib qo‘ygan, biroq himoya g‘ilofi mavjud emas.

Keyingi sahifa: Dizayni

Xulosa

8балл

Умумий баҳо

Qaerdan sotib olish mumkin?

Olcha.uz 2 722 000 сўм Sotib olish
Radius Mobile 2 928 000 сўм Sotib olish
Mediapark 3 081 000 сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!