Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Dizayn

Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Dizayn

Bo‘limlar:
1. Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Kirish

2. Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Dizayn

3. Laboratoriya sinovlari — displey, akkumulyator avtonomligi, audio sifati

4. Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Qadoqdan Android 10 va One UI 2

5. Samsung Galaxy A51'ning to‘liq tavsifi bilan tanishamiz: Kamera borasidagi sezilarli o‘zgarishlar

2019 yil oxirida taqdim qilingan Galaxy A51 va A71'lar Samsung'ning kamera borasidagi yangicha yechimi qanday bo‘lishini ko‘rsatib berdi. Sizga yoqadimi yo‘qmi, haddan tashqari katta to‘rtburchak shakldagi kamera moduli barcha linzalarni o‘z ichiga olgan. A51'da jami to‘rtta kamera liznasi qo‘yilgan.Kamera korpusdan taxminan bir millimetr bo‘rtib turadi va qurilmaning umumiy dizayniga unchalik ham aks ta’sir qilmaydi. Kamera chirog‘i ham to‘rtburchak ichida joylashgan. Barmoq izi skaneri ekran ostida joylashgani uchun orqa panelda boshqa hech narsa yo‘q.Samsung dizaynerlari orqa panelni o‘ziga xos ko‘rinishga ega qilishga harakat qilishgan. Ko‘rinishidan tasodifiy bo‘lgan diagonal chiziq polosalangan quyi qismni yuqori qismdan ajratib turgan bo‘lsa, boshqa bir diagonal chiziq esa panelning yorqin qismini to‘q qismdan ahratib turadi. Ikkita diagonal chiziq kesishib, panelda «X» ga o‘xshash shakldagi to‘rtta turlicha kvadrant hosil qiladi.Bularning hammasi smartfon nurga tutilmagandagi holatdir. Prism Crash Black kabi rangdagi smartfonga nur tushganda to‘g‘ri burchakdan qarasangiz, orqa panelda kamalakdagi barcha ranglar hosil bo‘lganini ko‘rishingiz mumkin.Chiroyli ranglarda tovlanuvchi Galaxy A51'ning orqa tomon paneli plastikdan qilingan, ya’ni yuqori darajada chidamki emas, kompaniya buning o‘rniga Gorilla Glass shishasini qo‘yganida yaxshiroq bo‘lardi, bizningcha. Old panel esa Corning'ning uchinchi avlod shishasi bilan qoplangani uchun displey nisbatan xavfsiz.

Displey yechimi sifatida Infinity-O tanlangan, ya’ni old panel deyarli hoshiyasiz va datchik tirqishlarisiz. Yuqorida esa xuddi Note10'lardagi kabi selfi kamera uchun aylanasimon kichik halqa kesilgan. Ushbu kichik kesik hozirda Samsung'ning barcha smartfonlariga tatbiq qilinmoqda.Hoshiyalarga kelsak, bu borada A51 bilan A50 o‘rtasida anchayin farq bor. Yangi qurilmada chetki tomondagi ekran bo‘lmagan maydonlar anchayin qisqartirilgan. Old panelning nafaqat yon, balki tepa va past tomonlaridagi hoshiyalar ham juda ingichka. Bundan tashqari, yuqorigi va quyi hoshiyalar bir xil qalinlikda (bu ham ba’zi foydalanuvchilar uchun muhim). A50'da bo‘lgani kabi A51'da ham ikkilamchi karnay uchun tepada joy ajratilgan.Devaysning romlari o‘tgan yilgi kabi plastikdan ishlangan, tugmachalarning hammasi o‘ng tomonda qoldirilgan.Chap tomon yuqori qismida esa SIM va microSD karta uyasi joylashgan.Endi pastga tushamiz. Qurilmaning quyi qismi markazida USB-C porti, bir tomonda audio jek joylashgan, boshqa tomondan esa asosiy dinamik va mikrofon o‘rin olgan. Yuqori tomonda ham yana bitta mikrofon bor.

A51'ning og‘irligi 172 gramm bo‘lib, o‘lchamlari 158.5x73.6x7.9 millimetrga teng — qurilma haqiqatan cho‘natkbop. Samsung'ning ushbu mahsuloti Realme X2, Xiaomi Mi 9T va Redmi Note 8 Pro'dan ingichkaroq va bu qurilmachalik enli emas. Bundan tashqari, 4 000 mA/soat sig‘imga ega akkumulyatori bo‘lishiga qaramay yengilroq hamdir. Bir so‘z bilan aytganda, Samsung Galaxy A51 — dizayn jihatidan mahorat bilan ishlangan ingichka va yengil mobil qurilma.

Keyingi sahifa: Laboratoriya sinovlari — displey, akkumulyator avtonomligi, audio sifati

Xulosa

8балл

Умумий баҳо

Qaerdan sotib olish mumkin?

 Afzalligi

 Kamchiligi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!