Samsung Galaxy A52s 5G smartfoni chiqdi

Samsung Galaxy A52s 5G smartfoni chiqdi

Samsung shu yilning boshida Galaxy A52 5G smartfonini taqdim etgan edi. Endi esa kompaniya uning yangilangan modeli A52s 5G smartfonining savdosini boshlamoqchi.

O‘QING: «Beli baquvvat» Galaxy A03s kutilganidan past narxda chiqyapti!

Galaxy A52 5G smartfoniga qaraganda A52s 5G kuchliroq bo‘lgan Snapdragon 778G chipi bilan jihozlangan. U bilan birgalikda esa Adreno 619 grafik protsessori ishlaydi. Shuningdek, A52s'ning qutisidan 25 vattlik quvvatlagich o‘rin olgan. A52 5G ham 25 vattlik quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlasa-da, uning qutisida 15 vattlik quvvtalagich bo‘lar edi.

Smartfon xotira turlari o‘zgarmagan. Uning 6/128GB, 8/128GB, 8/256GB xotira turlari mavjud.

Akkumulyator sig‘imi esa o‘zgarmagan 4,500 mAs. Samsung'ning takidlashicha smartfon o‘rtacha darajada ishlatilsa, u to‘liq quvvat bilan ikki kun ishlab berishi mumkin.

Displeyning o‘lchamlari hamda texnik ko‘rsatkichlari ham o‘zgarmagan. Ya’ni Galaxy A52s 5G 6.5 dyuymli Super AMOLED displeyiga ega bo‘lib, ushbu displey 120Hz ekran yangilanish chastotasi hamda 1080p+ rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon displeyining yuqorisida 32MP selfi kamera joylashgan.

Orqa paneldagi kameralar modulida to‘rta kamera bo‘lib, ular 64MP asosiy kamera, 12MP ultrakeng kamera, 5MP makro kamera hamda 5MP sath kameradan iborat. Bundan ma’lum bo‘lib turibdiki, smartfonning kameralari ham o‘zgarishsiz qolgan.

Qurilmada suv va changdan himoya - IP67 standarti mavjud.

Galaxy A52s 5G smartfoni 3 sentyabrda sotuvga chiqadi. Oldindan buyurtma berish esa 24 avgustdan boshlanadi. Smartfonning 6/128GB xotira turining narxi 410 yevroni tashkil qiladi.

O‘QING: 11 avgustda Samsung taqdim etgan barcha gadjetlar oltita rasmiy videoda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.