Samsung o'zining o'rta sinf smartfoni uchun ham One UI 5 yangilanishini tarqatishni boshladi

Samsung o'zining o'rta sinf smartfoni uchun ham One UI 5 yangilanishini tarqatishni boshladi

Samsung kompaniyasi o'zining Galaxy A53 smartfoni uchun ham Android 13'ga asoslangan One UI 5 yangilanishini Yevropa mamlakatlarida tarqatishni boshladi, deya xabar bermoqda SamMobile nashri. Ma'lum bo'lishicha, proshivka versiyasi A536BXXU4BVJG bo'lgan 2GB hajmdagi yangilanish smartfonning 5G modeli uchun chiqarilgan bo'lib, u oktabr oyi xavfsizlik yamog'ini o'z ichiga oladi.

Galaxy A53 5G uchun yangilanish tarqatilishi endigina Yevropada boshlangan ekan, boshqa hududlardagi ushbu smartfon egalari ham yaqin haftalarda yangilanishni qabul qilishni boshlashlari aniq.

O'QING: One UI 5 qanday yangiliklarni o'z ichiga oladi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!