Samsung Galaxy A53 5G'ning akkumulyator sig‘imi hamda necha vattda quvvat olishi ma’lum bo‘ldi

Samsung Galaxy A53 5G'ning akkumulyator sig‘imi hamda necha vattda quvvat olishi ma’lum bo‘ldi

Bir necha oydan buyon Galaxy A53 5G smartfoniga oid ko‘plab yangi mish-mishlar tarqalmoqda. Kompaniya rasmiy ma’lumot bilan chiqmas ekan, ushbu norasmiy ma’lumotlar tarqalishni davom etadi. 

Kecha qurilma NBTC hamda FCC tomonidan sertifikatlandi. Ushbu jarayonda qurilma 25 vattlik quvvatlagich bilan sotilishi ma’lum bo‘ldi. 

Biroq Samsung ekologiyaga haqida o‘ylayotganligi uchun S seriyasi flagmanlari kabi A53 5G'ni ham quvvatlagichsiz sotishi mumkin. 

Sertifikatlash jarayoni smartfon SM-A536E/DS (DS - dual-SIM, ya’ni ikkitalik SIM-karta ma’nosini anglatadi) model raqamida ekanligi haqida ma’lumot berdi. 

Avvalgi ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, Galaxy A53 modeli 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi 6.46 dyuymli FullHD+ AMOLED displeyi, Exynos 1200 chipi, 25 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. 

Shuningdek, smartfonga 64MP asosiy kamera, 12MP ultrakeng kamera hamda qo‘shimcha yana ikkita kamera o‘rnatiladi. 

O‘QING: Samsung Galaxy S22 Ultra birinchi marta rasmiy tasvirlarda namoyish etildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!