Samsung Galaxy A53 rasman taqdim qilindi

Samsung Galaxy A53 rasman taqdim qilindi

Samsung Galaxy A33 bilan birga, kecha Samsung yangi Galaxy A53 modelini ham chiqardi. Ushbu model A33 va A73 modellariga qaraganda boshqa ko‘plab mamlakatlarda rasmiy sotuvda bo‘ladi.

Galaxy A53 modeli 6.5 dyuymli FHD+ Super AMOLED displeyga ega va u ham Corning® Gorilla® Glass 5 bilan himoyalangan. Shuningdek, uning ekran yangilanish tezligi 120Hz bo‘lib, Infinity-O ramka dizayniga ega. Smartfon o‘lchami 74.8 x 159.6 mm bo‘lib, qalinligi 8.1 millimeterni og‘irligi esa 189 grammni tashkil qiladi.

Smartfon orqa kamerasi 64 MP asosiy kamera sensori va u tasvirni stabilizatsiya qiluvchi OIS va VDIS texnologiyalariga ega. Shuningdek, 12 MP ultra keng va ikkita 5 MP kameralari ham bor. Old kamerasi esa 32 MP sensorga ega. Ushbu model ham Exynos 1280 5nm Octa-Core protsessorida ishlaydi va 6/8 GB operativ xotira, 128/256 GB doimiy xotira va 1 terabaytgacha microSD qo‘shish imkoniyati bilan keladi. Albatta, avvalgi Galaxy A52'dan ko‘ra ko‘proq batareya sig‘imiga ega — 5,000 mAh. Agar smartfon quvvati tugab qolsa uni 25W tezkor quvvatlash bilan zaryadlash mumkin, lekin simsiz quvvatlanishi hali ham ushbu modellarda qo‘llab-quvvatlanmaydi. So‘nggi versiyadagi One UI 4.1 operatsion tizimida va 5G tarmog‘ida ishlaydi. Smartfon IP67 sertifikati bilan suvga va changga chidamlidir.

Galaxy A53 qutidan ochilish videosini Samsung'ning rasmiy YouTube kanalida ko‘rishingiz va smartfon qutisida quvvatlovchi adapter bo‘lmasligiga guvoh bo‘lishinigiz mumkin. Ushbu model ham oq, qora, havorang va shaftoli ranglarida jahon bozorlariga chiqariladi va uni 1-apreldan 449 yevro narxda sotib olish mumkin.

O‘QING: Samsung Galaxy A33 rasman taqdim qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!