Samsung Galaxy A7 (2017) korpusi suv kirishidan himoyalanishi mumkin

Samsung Galaxy A7 (2017) korpusi suv kirishidan himoyalanishi mumkin

Bundan bir necha hafta ilgari yangi avlod Samsung Galaxy A7 (2017) smartfonining Antutu benchmarkidan e’lon qilingan texnik parametrlari haqida saytimizda xabar bergan edik. Kecha Phonearena nashrida paydo bo‘lgan xabarda yozilishicha, best-sellar smartfonning 2017 yil versiyasi xuddi Galaxy S7 singari suv kirishidan himoyalanishi mumkin.

Agar ushbu xabar amalda tasdiqlansa, Samsung Galaxy A7 (2017) modeli S, Note va Xcover seriyasidan tashqari suvdan himoyalangan birinchi o‘rta segmentga mo‘ljallangan Samsung smartfoni bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, benchmarklarda avvalroq paydo bo‘lgan axborotlarga qaraganda, Galaxy A7 (2017) Mali T830 grafik adapteriga ega bo‘lgan Exynos 7870 protsessori, aniqligi 16 MP bo‘lgan asosiy va old kamera, Full HD aniqligidagi 5,5 dyuymli Super AMOLED ekran bilan jihozlanadi.

Taqdimot sanasi hozircha ma’lum qilinmagan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.