Samsung Galaxy A7 (2017) parametrlari Antutu benchmarkida ko‘rindi

Samsung Galaxy A7 (2017) parametrlari Antutu benchmarkida ko‘rindi

Kecha saytimizda Galaxy A5 (2017) modelining tarmoqda chiqqan suratlarini e’lon qilgan edik. Modelning hozircha qachon taqdim etilishi noma’lum. Biroq A seriyadagi qurilmalar haqida kundan-kunga yangi axborotlar paydo bo‘lmoqda. Misol uchun, bugun Samsung Galaxy A5 (2017) modelining “akasi” Galaxy A7 (2017) smartfoniga qarashli texnik parametrlar ommabop Antutu benchmarkida ko‘rinish berdi.

Benchmark natijalariga ko‘ra, mashhur A seriyaning yangi avlodiga mansub Samsung Galaxy A7 (2017) 3 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira bilan ta’minlanadi. Sammobile resursining yozishicha, unga Mali T830 grafik adapteriga ega bo‘lgan Exynos 7870 protsessori, aniqligi 16 MP bo‘lgan asosiy va old kamera, Full HD aniqligidagi 5,5 dyuymli Super AMOLED ekran o‘rnatiladi.

Hozircha modelning qachon taqdim etilishi noaniq. Ammo ba’zi taxminlarga ko‘ra, u 2017 yilning boshida sotuvga chiqarilishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.