Samsung Galaxy A71 va A51 haqida yaxshi yangilik bor!

Samsung Galaxy A71 va A51 haqida yaxshi yangilik bor!

Samsung o‘zining o‘rta toifadagi Galaxy A71 smartfonini o‘tgan dekabrda taqdim qilgan edi. Aytilishicha, kompaniya qurilmaning 5G varianti ustida ham ishlamoqda. 

Yangi smartfon dastavval AQSh va Xitoyda, keyinchalik esa boshqa hududlarda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Ikki yirik davlatdan tashqarida sotiluvchi variantning model raqami SM-A716B bo‘ladi. 

Biroq SM-A716B qaysi bozorlarda sotilishi hozircha noma’lum, ammo Avstraliya, Yangi Zelandiya va bir qator Yevropa davlatlari Samsung'ning rejasiga kiritilgan bo‘lishi kerak.

A71 bilan birga, kompaniya A51'ning ham 5G talqini ustida ishlamoqda. Exynos 980 SoC va 6GB RAM ga ega yangi model o‘tgan oy Geekbench sinovidan o‘tgan.

E’tibor bering, yuqoridagi ma’lumotlarning barchasi norasmiy manbalardan olingan va Samsung tomonidan hozircha tasdiqlanmagan. 

Batafsil ma’lumot uchun bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: O‘z vaqtida 1G ham qimmat bo‘lgan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!