Samsung Galaxy A72 4G'ning renderlari va to‘liq texnik jihatlari haqida ma’lumot sizdirildi

Samsung Galaxy A72 4G'ning renderlari va to‘liq texnik jihatlari haqida ma’lumot sizdirildi

Mish-mishlari o‘tgan yildan buyon tarqalayotgan Samsung Galaxy A72 smartfoni 4G va 5G variantda taqdim qilinadi. Qurilmaning 5G modeli rasmlari dekabr oyida tarqalgan edi. Endi esa Galaxy A72 4G smartfonining to‘liq texnik jihatlari va render tasvirlari paydo bo‘ldi.

Galaxy A72 4G modeli 5G variantga o‘xshash. Qurilma old tomonda 90Hz yangilanish chastotasiga ega 6.7" FullHD+ AMOLED displey, orqa chap tomonda esa to‘rtta kamera bilan jihozlanadi.

O‘QING: Hamyonbop flagman – Galaxy S21 FE ikki xilda chiqadi: 4G-versiyasi yanada arzon! 

Ilgariroq, kamera tizimi 64MP asosiy, 12MP ultrakeng, 5MP sath va 5MP makro kameralardan iborat bo‘lishi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Biroq yangi ma’lumot bu mish-mishlarga qarshi chiqmoda. Aytilishicha, smartfon 8MP telefoto (2x zum), 2MP makro, 64MP asosiy va 12MP ultrakeng kemaralar bilan ta’minlanadi.

Galaxy A72 4G 32MP selfi kamera hamda biometrik autentifikatsiya uchun ekranosti barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi. Korpus ostida esa Snapdragon 720G chipi bor. Geekbench'ning ko‘rsatishicha, smartfonning opertiv xotirasi 8GB bo‘ladi. Biroq sizdirilgan ma’lumotlar 6GB tezkor xotira opsiyasi ham borligini ko‘rsatmoqda.

Smartfon qadoqdan Android 11 operatsion tizimida ishlaydi va 128GB yoki 256GB xotira sig‘imiga ega bo‘ladi. Qo‘shimcha xotira uchun microSD karta sloti ham bor.

Galaxy A72 4G'da chang va suvdan himoyaning IP67 darajasi, 5,000 mAs akkumulyator va USB-C porti ham mavjud bo‘ladi. Sizdirilgan ma’lumotda qurilma qancha tezlikda zaryad olishi aytilmagan, biroq oldinroq FCC Galaxy A72 4G'ning qadog‘ida 25 Vt lik adapter bo‘lishini ma’lum qilgandi.

Sizdirilgan renderlarning tasdiqlashicha, Galaxy A72 4G kamida to‘rt xil rangda mavjud bo‘ladi. Yana ko‘rsatilishicha, qurilma Yevropada 449 yevrodan boshlab sotiladi.

Smartfon haqidagi boshqa ma’lumotlarni biz bilan kuzatishda davom eting. 

O‘QING: Potensial bestsellerlar – Galaxy A52 hamda Galaxy A72 narxlari chiqdi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!