Samsung Galaxy A72'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy A72'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung'ning Galaxy A smartfonlari koreyalik texnogigant uchun oxirgi yillarda ulkan muvaffaqiyat olib keldi. Ushbu smartfonlar savdosi kompaniya smartfonlari sotuvining katta qismini tashkil qiladi.

Bu tasodif emas. Ushbu darajadagi muvaffaqiyatni saqlab qolish uchun Samsung'dan hamyonbop narx evaziga raqobatdosh jihatlarga ega qurilmalarni taqdim qilish talab qilinadi.

Galaxy A lineykasi tarkibidagi qurilmalar soni oshib bormoqda, aftidan, deyarli har bir necha haftada yangi model chiqarilmoqda. Quyi toifadan tortib flagmanga yaqin darajadagi smartfonlar tanlovi shunchalar ko‘pki, qaysi bir modelni tanlashni bilmay boshing qotadi.

Ayni damda Galaxy A72 smartfoni Galaxy A oilasining eng kuchli vakili sanaladi. Ko‘p jihatdan Galaxy A72 qurilmasi Galaxy A52 (4G) ga o‘xshash. Qahramonimiz 6.7 dyuym diagonalli 90Hz ekran, A52'da bo‘lmagan 8MP telefoto kamera hamda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. Boshqa jihatlardan olib qaraganda esa ikki qurilma deyarli bir xil, hatto dizayn borasida ham.

Samsung Galaxy A72'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 165.0x77.4x8.4 mm, 203g; old panel shishadan, orqa panel plastikdan ishlangan; chang va suvdan himoyaning IP67 darajasi (1 m chuqurlikda 30 daq.).

> Displey: 6.70" Super AMOLED, 90Hz, 800 nit, 1080x2400p rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 394ppi zichlik.

> Xotira: 128GB 6GB RAM, 128GB 8GB RAM, 256GB 8GB RAM; microSDXC (SIM karta bilan umumiy slot).

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 64 MP, f/1.8, 26 mm, 1/1.7X", 0.8µm, PDAF, OIS; •Telefoto: 8 MP, f/2.4, 1.0µm, PDAF, OIS, 3x optik zum; •Ultrakeng: 12 MP, f/2.2, 123 daraja ko‘rish maydoni, 1.12µm; •Makro: 5 MP, f/2.4.

> Old kamera: 32 MP, f/2.2, 26 mm (keng), 1/2.8", 0.8µm.

> Video yozuv: •Orqa kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30/60 kadr/sek.; giro-EIS; •Old kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30 kadr/sek.

> Narxi: 4 699 000 so‘m.

Qadoq tarkibi
Samsung Galaxy A72 karton qutida sotiladi. Qadoq ichida ko‘p aksessuar yo‘q. Faqat quvvatlagich va bir necha qo‘llanmalarni ko‘rasiz xolos.

O‘QING: Galaxy A52'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!