Samsung Galaxy A73 nima bo‘ldi?

Samsung Galaxy A73 nima bo‘ldi?

Samsung kecha, 17 mart kuni "Galaxy A Event 2022" tadbirini o‘tkazdi va unda o‘zining navbatdagi o‘rta byudjetli Galaxy A33 va Galaxy A53 smartfonlarini taqdim qildi. Taqdimotni Samsung rasmiy YouTube kanalida qayta ko‘rishinigiz mumkin. Qizig‘i shundaki, o‘tgan yilgi Galaxy A72'ning yangi avlodi bo‘lishi kutilayotgan Galaxy A73 modeli taqdimotda ko‘rinish bermadi. Samsung matbuot xizmatining xabar berishicha, Galaxy A73 modeli 22-apreldan faqat ma’lum bir joylarda sotuvga chiqarilishi aytilgan.

"Galaxy A seriyasiga yana bir yangi qo‘shilgan Galaxy A73 5G ham 22 aprel kuni tanlangan bozorlarda sotuvga chiqariladi." - Samsung

Galaxy A73 uchun Snapdragon 778G chipida ishlashi bilan kecha taqdim qilingan modellardan farq qiladi, lekin uning operativ va doimiy xotiralari hajmi bir xil — 6/8 RAM va 128/256 ROM va albatta 1 TB gacha microSD tashqi xotiraga kengaytirish imkoniyati. Android 12 ga asoslangan One UI 4.1 operatsion tizimida 5G bilan ishlaydi. Ikki kunlik 5,000 mAh batareyani 25W quvvatlash bilan zaryadlash mumkin. IP67 bilan suvga va changga chidamli, shuningdek, bu modelda ham 3.5 millimetrli naushnik uyasi yo‘q.

Ushbu model eng katta ekranga ega: 6.7 dyuymli Super AMOLED displey, 120Hz yangilanish tezligi. Smartfon 76.1 mm kengligi, 163.7 mm uzunligi bilan katta bo‘lishiga qaramay uning qalinligi 7.6 mm va og‘irligi esa 181 g bo‘lib, u A53 va A33 dan ingichkaroq va yengilroqdir. Taqdim qilingan uchta model ichida ham o‘zining 108 MP asosiy orqa kamerasi bilan ham ajralib turadi. Qolgan kameralari esa 12 MP, ikkita 5 MP, old kamerasi esa 32 MP ni tashkil qiladi.

Samsung Galxy A73 oq, to‘q kulrang, va och yashil ranglarda chiqariladi, ammo aynan qaysi bozorlarda qaysi narxda sotilishi hozircha noma’lum.

Galaxy A73, A53 va A33 to‘rt yillik Android OS yangilanishini va besh yillik xavfsizlik yangilanishlarini qabul qiladi.

O‘QING: Samsung Galaxy A53 rasman taqdim qilindi