Samsung Galaxy A91 qaysi chipda ishlaydi? Qancha tezlikda quvvatlanadi?

Samsung Galaxy A91 qaysi chipda ishlaydi? Qancha tezlikda quvvatlanadi?

Samsung o‘tgan oy A90 5G'ni taqdim qilgan edi. Tinib-tinchimagan kompaniya uning "uka"si Galaxy A91'ni ham tayyorlamoqda.

Model raqami SM-A915F bo‘lgan yangi gadjetning asosiy jihatlari "aka"siniki bilan bir xil bo‘ladi. Infinity-U displey, Snapdragon 855 protsessori, 4 500 mA/soatli akkumulyator shular jumlasidan. Lekin smartfon 45 vattli quvvatlash texnologiyasida zaryad oladi.

Asosiy farq yangi qurilmada 5G aloqaning bo‘lmasligi va buning natijasida narxning ham shunga yarasha arzonroq bo‘lishidadir.A91'da ham asosiy kamera 48MP f/2.0 bo‘ladi, lekin o‘ta keng burchakli linza A90'dagi kabi 8 megapikselli emas, balki 12 megapikselli bo‘ladi. Uchinchi kamera sath kamerasi bo‘lishi kerak. Old kamera 32MP'ligicha qoladi, lekin aperturasi tezroq bo‘ladi: f/2.2.

Ichki qismiga o‘tsak, smartfon S855 chipida ishlab, 8GB tezkor va 128GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Akkumulyator sig‘imi 4 500 mA/soatligicha qolsa, zaryadlash tezligi 45 vattga ko‘tariladi. Biroq bu yerda bir narsa noma’lum: qadoq tarkibidagi quvvatlagich adapter 45 vattli bo‘ladimi yoki Galaxy Note10+ dagi kabi 25 vattli bo‘ladimi? Dasturiy ta’minot borasida esa, ma’lum bo‘lishicha, A91 qadoqdan Android 10'da ishlovchi ilk Samsung smartfonlaridan bo‘ladi.Devays narxi haqida hozircha ma’lumot yo‘q, lekin, aytilishicha, yil oxiriga qadar ba’zi davlatlarda sotuvga chiqadi.

O‘QING: Galaxy A90 5G rasman namoyish qilindi: Snapdragon 855 chipli, 5G-modemli ilk hamyonbop flagman!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.