Samsung Galaxy Book Pro 2 360 noutbukining renderlari e’lon qilindi

Samsung Galaxy Book Pro 2 360 noutbukining renderlari e’lon qilindi

Samsung Barselonada bo‘lib o‘tadigan xalqaro MWC tadbirida o‘zining yangi noutbuklarini taqdim etadi. Hozircha kompaniya bu to‘g‘risida hech qanday ma’lumot bergani yo‘q. 

Norasmiy manbalar esa yangi noutbukning renderlarini yaratishdi. 

Yuqoridagi suratda Galaxy Book Pro 2 360 noutbuki tasvirlangan bo‘lib, u o‘tgan yilgi Galaxy Book Pro 360'ning yangi avlodi hisoblanadi. Taqqoslash uchun, eski modelning suratini ham ko‘rishingiz mumkin. 

Tashqi ko‘rinishidan noutbuk dizaynida katta o‘zgarish bo‘lmagan. Biroq qurilma ichiga yangi protsessorlar o‘rnatiladi. Samsung kompaniyasi Microsoft bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda. Yangi noutbuk Windows 11 hamda One UI Book 4 interfeysida ishlaydi. 

Suratda 15.6 dyuymli noutbuk tasvirlangan. Shuningdek, uning 13.3 dyuymli versiyasi ham bo‘ladi. Katta model uchta USB-C va bitta 3.5 mm audio jek, shuningdek, microSD uyasiga ega bo‘ladi. 

Nomidan aytib turibdiki, noutbuk ekrani 360° gradusga qayrila oladi va uni planshet sifatida ishlatish mumkin. Shubhasiz, ekran stilusni ham qo‘llab-quvvatlaydi. 

Insayder bergan ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma Burgundy Red rangida bo‘ladi. Bu o‘tgan yilgi modelning Mystic Bronze rangli turiga o‘xshaydi. Galaxy Book Pro 2 360 noutbukining rasmiy taqdimoti 27-fevralda bo‘lib o‘tadi. 

O‘QING: Buklanauvchi iPhone kutib turadi, Apple to‘liq ekranli MacBook chiqarmoqchi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!