Samsung "iPad qotili" -- Galaxy Book'ning narxi va sotuv sanasini e’lon qildi

Samsung

Samsung Galaxy Book hamda Galaxy Tab S3 gadjetlarini shu yilning boshida Barselonadagi Jahon Mobil Kongressida taqdim qilgan edi. Planshetlar bozorda Apple'ning iPad qurilmalariga qarshi raqobatga kirishadi. Samsung'ning gadjetlari samaradorligi hamda yuqori sifatli tasvir namoyishi bilan "amriqolik" raqibidan ustun turadi. Shu bilan birga, narx masalasida koreyalik kompaniya bir oz insofli.

O‘tgan haftada kompaniya e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, Galaxy Book jahon bozoriga (birinchi bo‘lib Avtraliyada) 28 iyulda $1,099 (10.6 dyuymli) yoki $1,599 (12 dyuymli) bahosida sotuvga chiqariladi.

Samsung Galaxy Book 10.6 plansheti 10.6 dyuymli Full HD (1920 x 1080) ekran, 2.6 Ggs chastota tezligida ishlaydigan 7-avlod Intel Core M3-7Y30 protsessori, Intel HD Graphics 615 video-kartasi, 5 megapikselli selfi-kameraga ega bo‘lgan.

Samsung Galaxy Book 12 esa 12 dyuymli, 2160 x1440 pikselli Super AMOLED displey, 5 megapikselli old va 13 megapikselli bosh kameraga ega bo‘lgan. Apparat ta’minoti uchun gadjet Intel Core'ning 7-avlod Core i5 protsessoriga ega bo‘lgan.

Qurilmalardagi 3000 va 3900 mA soat sig‘imli akkumulyator tezkor quvvat oladi. Bu quvvat planshetlarga o‘rtacha 10 soat ishlash imkonini beradi.

Quyi model 4 Gb tezkor va 64 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan. Yuqori talqin esa 4/8 GB tezkor va 128/256 Gbayt doimiy xotiraga ega bo‘lgan. micro SD bo‘lmachasi gadjetlarning doimiy xotirasini 256 gigabaytgacha kattalashtirish imkonini beradi.

Samsung Galaxy Book Windows 10 Home operatsion tizimida ishlaydi. Yagona sim-kartali devays aloqaning WiFi ac, LTE, Bluetooth 4.1, NFC, GPS, GLONASS tarmoqlarida ishlaydi.

Galaxy Tab S3 esa Android 7.0 operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadigan planshet bo‘lib, 9.7 dyuymli Super AMOLED displey, Snapdragon 820 protsessori, 4 ta audio-karnayga va 4/32 Gbayt xotiraga, 13 mp bosh, shuningdek 5 mp old kameraga ega bo‘lgan. Uning elektr toki sig‘imi 6 000 mA soat.

Tab S3'ning 12 dyuymli talqini 4/128 ($1,799) yoki 8/256 ($2,299) GB xotira sig‘imiga, QHD sig‘imli Super AMOLED displeyga, Intel Core i5 protsessoriga ega bo‘lgan. Planshet $949 dollardan boshlab sotuvga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!