Samsung o'zining Galaxy smartfonlari uchun yangi ilova chiqardi

Samsung o'zining Galaxy smartfonlari uchun yangi ilova chiqardi

Samsung kompaniyasi o'zining Galaxy smartfonlari uchun yangi fayl almashish ilovasi – Dropship'ni chiqardi. Ta'kidlash joizki, ilova Bluetooth yoki Wi-Fi bilan emas, balki internet orqali ishlaydi. U Galaxy smartfoni foydalanuvchilariga boshqa qurilmalarga: xoh u iOS bo'lsin, xoh Android, fayllarni ulashish imkonini beradi.

Dropship'ga siz kuniga 5 GB gacha bo'lgan fayllarni yuklashingiz mumkin. Ilova fayl uchun QR-kod yaratib beradi. Uni skanerlargan odam faylni yuklab oladi. Shuningdek, siz ulashayotgan fayllaringizga "amal qilish muddati"ni ham o'rnatishingiz mumkin.

Faylni qabul qilib oluvchi ilovani o'rnatishi shart emas. Shunchaki QR-kodni skaner qilishining o'zi kifoya. Biroq fayl ulashuvchi uchun Dropship minimal talablar yuqori: smartfon Android 13'ga asoslangan One UI 5 yoki One UI 4.1 versiyasida bo'lishi kerak. Qolaversa, ilovadan foydalanish uchun Samsung Account ham talab qilinadi.

Ma'lum bo'lishicha, Dropship ilovasini hozirda faqat Janubiy Koreyada Galaxy Store orqali yuklab olish mumkin.

O'QING: Galaxy S23 seriyasi qachon taqdim qilinishi oshkor bo‘ldi