Samsung Galaxy F23 smartfoni taqdim etildi

Samsung Galaxy F23 smartfoni taqdim etildi

Samsung kompaniyasi kecha yangi Galaxy F23 modelini taqdim etdi. O‘tgan yilgi Galaxy F22 modeli bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, yangi modelning texnik ko‘rsatkichlarida bir qator o‘zgarishlar bo‘lgan. 

Smartfon 120Hz chastotada ishlovchi FullHD+ rezolyutsiyadagi 6.6 dyuyimli LCD displeyi bilan jihozlangan. Displey Gorilla Glass 5 shishasi bilan himoyalangan bo‘lib, uning yuqori qismidan 8MP tomchisiman selfi kamera o‘rin olgan. 

Orqa paneldan 50MP f/1.8 asosiy kamera, 8MP f/2.2 ultrakeng kamera va 2MP f/2.2 macro kamera o‘rin olgan.

Galaxy F23 5G modeli 6 nanometrlik Snapdragon 750G chipi bilan jihozlangan bo‘lib, bu F22 modeliga o‘rnatilgan 12 nanometrlik MediaTek Helio G80 chipiga nisbatan yuqori unumdorlikni taqdim etadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, F23 modeli ommabop Galaxy A52 5G qurilmasi bilan bir xil chipsetda ishlaydi. Qurilmaning 4/6GB tezkor va 128GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan turi bo‘ladi. Xotirani microSD kartasi bilan kengaytirish imkoniyati mavjud.

Smartfon Android 12 opratsion tizimda ishlovchi One UI 4.1 grafik qobig‘ida ishlaydi. Unda Bluetooth 5.0, NFC tizimlari mavjud, biroq negadir qurilmadan 3.5 mm audio jek olib tashlangan. 

Samsung, shuningdek, smartfonning quvvatlash tezligini ham oshirdi. Endi F23 modeli 25 vattda quvvat oladi. Akkumulyator sig‘imi esa 5,000 mAc ni tashkil qiladi. Afsuski, flagman Galaxy smartfonlari kabi qurilma qutisida quvvatlash adapteri bo‘lmaydi. 

Galaxy F23 modeli Aqua Blue va Forest Green ranglarida taqdim etildi. Uning narxi 210 dollardan boshlanadi. Smartfon 16 mart sanasida sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Samsung noodatiy dizayndagi smartfonni patentladi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.