Samsung Galaxy J (2017) smartfonlarini rasman taqdim qildi

Samsung Galaxy J (2017) smartfonlarini rasman taqdim qildi

Samsung kompaniyasi 6 iyunda Galaxy J (2017) turkumiga kiruvchi 3 ta — Galaxy J3, Galaxy J5 va Galaxy J7 nomli hamyonbop smartfon modellarini taqdim qildi. Har uchala smartfon modeli metall korpusga, o‘rtacha protsessor va o‘rta darajali narx-navoga ega bo‘ldi.

Картинки по запросу galaxy j7 2017

Turkumning eng yuqori modeli — Galaxy J7 (2017) smartfoni 5,5 dyuymli Full HD sig‘im va Super AMOLED matritsali displey, 8 yadroli va chastota tezligi 1,6 GGs bo‘lgan Exynos 7870 protsessori bilan ta’minlangan. Unga 3 gigabaytli tezkor hamda 16 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Shuningdek, smartfonning old va orqa kamerasiga bir xil sig‘imli — 13 megapikselli modul o‘rnatilgan. Gadjet akkumulyatorining elektr toki sig‘imi — 3600 mA soat.

Samsung Galaxy J5 (2017) — 5,2 dyuymli va HD sig‘imli Super AMOLED displey, 8 yadroli va 1,6 GGs chastota tezligiga ega Exynos 7870 protsessori, 13 Mp old va orqa kameralar, 2 GB tezkor va 16 GB doimiy xotira, sig‘imi 3000 mA soat bo‘lgan akkumulyator bilan ta’minlangan.

Galaxy J3 (2017) modeli esa hajmi 5 dyuym, sig‘imi HD bo‘lgan TFT-displeyga ega. Uning “elektron yurak”chasi uchun 4 yadroli, chastota tezligi 1,4 GGs bo‘lgan Exynos 7570 protsessori tanlangan. Smartfondagi tezkor xotira sig‘imi 2 GB, doimiysi esa 16 GB. Uning bosh kamerasiga 13 Mp, old kamerasiga 5 Mp sig‘imli sensor o‘rnatilgan. Smartfon tok sig‘imi 2400 mA soat bo‘lgan akkumulyatordan kuch-quvvat oladi.

Uchovlon ham Android 7.0 Nougat operatsion tizimida ishlaydi. Barcha smartfon modellarida qo‘shimcha xotira hamda 2 ta SIM-karta uchun bo‘lmacha mavjud.

Samsung Galaxy J (2017) iyundan sotila boshlaydi. Galaxy J3 — 245, Galaxy J5 — 314, Galaxy J7 — 382 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.