Samsung Galaxy J2: 1 mln.lik smartfonga nazar solamiz

Samsung Galaxy J2: 1 mln.lik smartfonga nazar solamiz

Taqdim qilingan vaqti: 2015 yil, Sentyabr

Qisqacha texnik tavsif

Aloqa tarmog‘i: GSM / HSPA / LTE

Korpus o‘lchamlari: 136.5 x 69 x 8.4 mm.

Vazni: 129 gramm.

Sim-karta: Micro-SIM. 2 sim-kartali talqini ham mavjud.

Displey: 4.7 dyuym, Super AMOLED. old panelning ~64.7 foizi ekrandan iborat.

Ekran sig‘imi: 540 x 960 piksel.

Multitach: Mavjud.

Platforma: Android OS, v5.1.1 (Lollipop), yangilash mumkin.

Chip: Exynos 3475 Quad.

Protsessor: Quad-core 1,3 GGs.li Cortex-A7

Videokarta: Mali-T720

Xotira: 256 GB.gacha microSD, ichki xotira 8 GB, tezkor xotira 1 GB.

Kamera: 5 MP bosh kamera, f/2.2, avtofokus, LED fotochaqnoq, fokusni belgilash, yuzni aniqlash. 720p sig‘imli video tasvirga olish. 2 MP old kamera.

Aloqa: WLAN   Wi-Fi 802.11 b/g/n, Wi-Fi Direct, Bluetooth         v4.1, A2DP, GPS (A-GPS), GLONASS, NFC            texnologiyasi (bozorga qarab).

Radio: FM radio

Sensorlar: Akselerometr, oraliq-masofa datchigi.

Akkumulyator: 2000 mA soat, ajraladigan. 3G tarmog‘ida 1 soatgacha suhbatlashish, 41 soat musiqa tinglash mumkin.

Korpus ranglari: Oq, qora, tilla rang.

Asosiy qism

Samsung nafaqat flagman turkumiga xos smartfonlari, balki hamyonbop bo‘lgan mobil aloqa vositalari ishlab chiqarishda ham o‘ziga ishonadi. Galaxy J2 kompaniyaning bu yo‘nalishdagi savdosiga munosib hissa qo‘shgan “aqlli telefon”.

Galaxy J2 Exynos 3475 modelidagi chip va 1 Gb operativ xotiraga ega. Smartfon Android 5.1.1 Lollipop operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi. U aloqaning 4-avlodi bo‘lgan 4Gni qo‘llab-quvvatlaydi. Gadjetga 4.7 dyuymli displey o‘rnatilgan. U yorqin va quvvat tejashi bilan mashhur Super AMOLED texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan. Ayni shu jihati “hamyonbop” smartfonlar bozorida uning yuzini yorug‘ qiladi. Shovqinni kamaytiruvchi 2 ta mikrofon esa suhbat qurish uchun ayni muddao.

Yurtimiz smartfon bozorida o‘rtacha 1 million so‘m bahosida sotilayotgan devays arzon gadjetlar savdosida “bestseller” hisoblanadi, ya’ni eng ko‘p sotilgan telefonlar sirasiga kiradi.

Komplektatsiya

Samsung Galaxy J2 an’anaviy qutida yetkazib beriladi.

Smartfon bilan birga quvvatlash qurilmasi, ma’lumot almashish mumkin bo‘lgan MicroUSB kabel va audio quloqchinlar ham yetkazib beriladi.

Tashqi ko‘rinish

Samsung Galaxy J2 dizaynining avvalgi gadjetlarga o‘xshab ketishi — uning kamchiliklaridan biri. Ko‘pchilik uni Galaxy S III bilan adashtirsa ajab emas. Tashqi ko‘rinish nuqtayi nazaridan bu katta minus.  Boshqa tomondan, Samsung “J-seriya”si bir qator ichki imkoniyatlarga ega. Ayniqsa, bugun dizaynga e’tibor berib, gadjetni “ichi”ni ilg‘orlashtira olmayotgan kompaniyalarning mahsulotlarini xarid qilishga ko‘pchilik qo‘rqib qolgan.

Samsung Galaxy J2 plastik charmni eslatuvchi korpus bilan ta’minlangan. Uning hoshiyalari silliq. Korpusning chap yonidan ovozni boshqarish tugmasi joy olgan. Yoqib-o‘chirish va blokirovka qilish tugmalari esa o‘ng tomonda. Bosh tugma displeyning ostiga joylashtirilgan. Uning ikki tomonida sensor tugmalar mavjud.

Smarftonning old paneli 4,7 dyuymli HD displeyga ega.  Old panel Galaxy J5’nikiga ga o‘xshab ketadi. Samsung kompaniyasi Galaxy J2’da yorug‘lik va ogohlantirishlar datchiklarini o‘rnatishni unutmagan.

Galaxy J2 displeyining ustki qismida oraliq-masofa datchigi, suhbat dinamigi va 2 megapikselli kamera mavjud. Galaxy J5’dan farqli ravishda, bu smartfonning old panelida fotochaqnoq mavjud emas.

Telefonning orqasini o‘girsangiz, orqa panel markazida 5 Mp kamerani ko‘rasiz. Kameraning chap tomonida bir tusli fotochaqnoq, o‘ng tomonida dinamik uchun joy ajratilgan.

 

Galaxy J2 apparati korpusining quyisida MicroUSB porti va mikrofon tuynugi mavjud. 3.5 mm audio konnektor esa tom qismida joylashgan.

Orqa panelni ochsangiz, ichkarida 2000 mA soat tok sig‘imiga esa akkumulyator, 2 ta SIM-karta (MicroSim) va MicroSD karta uchun bo‘lmachalarni ko‘ramiz.

Samsung Galaxy J2 bir qarashda diqqatni tortmasligi mumkin. Ammo uning korpusi pishiq va aniq yig‘ilgan. Uni uzoq vaqt ishlatish mumkin. Korpus osonlikcha bo‘shab ketmaydi.

Displey

Yuqorida qayd etilganidek, Galaxy J2 4.7 dyuymli Super AMOLED displeyga ega. Uning har dyuymdagi piksel sig‘imi 234 belgiga teng. Bu jihatdan u ancha ilg‘or.

Super AMOLED bugun ko‘pchilik flagman smartfon ishlab chiqaruvchilar foydalanayotgan platforma. Ammo, Galaxy J2’ning boshqa pastroq jihatlari bois uning flagmanlar bilan bellasha olmasligini unutmaslik lozim. U Galaxy Alpha yoki Galaxy S4 bilan bu borada raqobatga kirishadi. Ko‘chaga chiqqanda Outdoor rejimini yoqib qo‘ygan ma’qul.

Batareya

Samsung Galaxy J2’ning 2000 mA soat sig‘imli quvvat toshi 2 ta sim kartadan ham faol foydalanilganida uzog‘i bilan 64 soatga yetadi. Suhbat qurilsa, bu quvvat unga 15 soatga yetadi. Umuman olganda, Galaxy J2 sizga 24 soat xizmat qilishi mumkin.

Kommunikatsiya

Samsung Galaxy J2 1 ta sim karta va 2 ta sim karta talqinlarida ishlab chiqarilmoqda.

Telefon aloqaning GSM 850/900/1800/1900 MGs, multichastotali 3G (sotiladigan hududga ko‘ra) standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

LTE Cat.4 ma’lumotlarni sekundiga 150 Mbit.da va  50 Mbit.da qabul qilish imkonini beradi.

Shuningdek, u Wi-Fi (2,4Ggs, 802.11 A/B/G/N/) tarmog‘ida ham ishlaydi. Smartfonda Bluetooth 4.0, shuningdek GPS (A-GPS) va GLONASS tarmoqlarida ham ishlaydi.

Foydalanuvchi interfeysi

Samsung Galaxy J2 Android 5.1.1 Lollipop operatsion tizimining o‘zlashtirilgan TouchWiz UI talqinida faoliyat ko‘rsatadi. Samsung interfeysi avvalgilariga nisbatan bu gadjetda tez ishlaydi.

Samaradorlik

Samsung kompaniya Galaxy J2’ga Exynos 3475 chipini o‘rnatgan. 4 yadroli Cortex-A7 protsessori va Mali-T720 videokarta foydalanuvchiga imkon qadar samarali xizmat qiladi. 1 Gb operativ xotira Android-5.1.1 tizimi bilan tezda “til topishib” dasturlarni tezkor ishga tushiradi. Uning tezkor ishlashi uchun gadjetga Android 6.0 Marshallow tizimini o‘rnatish maqsadga muvofiq.

Ovoz

Galaxy J2 ovoz va tovush uzatishda foydalanuvchini xursand qiladi. Ovoz tiniq va sifat ko‘rsatkichi o‘rtacha. Narxiga nisbatan bu ancha yaxshi. Audio quloqchinda ham ovozning uzatilishi quvonarli.

Kamera

Kameraning foydalanuvchi interfeysi “Galaxy” smartfonlar oilasida deyarli bir xil.  Galaxy J2 soddagina 5 megapikselli kameraga ega bo‘lgan. Uning yorug‘lik o‘tkazuvchi ob’yektiv aperturasi F/2.2. Ya’ni, bugungi ba’zi flagmanlarniki bilan bir xil. Old kamera yanada kamtarin  – 2 Mp.

Bosh kamerada olingan surat sifatini juda yuqori deb bo‘lmaydi. Ranglar joyida, biroq dinamik diapazonda xiraliklarni kuzatish mumkin. Galaxy J2 kamerasi detallarni aniq-tiniq ko‘rsatishga ham ojiz. Yaxshi surat olish uchun ochiq kunni tanlagan ma’qul. Samsung Galaxy J2 kamerasi kadr chastota tezligi sekundiga 30 ta bo‘lgan 720p sig‘imli surat oladi.

Xulosa

Telefon kim uchundir Galaxy J2 smartfonining dizayni oddiy bo‘lishi mumkin. Biroq oddiylikni xush ko‘ruvchilar uchun ayni muddao. U chidamli korpusga ega. Super Amoled matritsa esa undagi ba’zi yetishmovchiliklarni yopib ketadi.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

asaxiy.uz 1 075 000 сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!