Samsung Galaxy J3 (2017) sotuvga chiqarildi

Samsung Galaxy J3 (2017) sotuvga chiqarildi

Samsung Galaxy J3 (2017) Koreya kommunikatsiyalar komissiyasining guvohnomasini olgach, uning tez orada rasman namoyish qilinishiga shubha qolmadi. Biroq, Samsung uni taqdim qilmasdan turib, sotuvga chiqarib yubordi. Amerikalik yirik smartfon savdogarlari Galaxy J3 (2017) gadjetini 179,99 AQSh dollaridan sotishni boshlashdi.

Gap hamyonbop smartfon haqida ketayotganini hisobga olsak, undan katta imkoniyatlarni kutish xato. Biroq, hamyonbop, deb unga nopisandlik bilan qarash ham — xato.

Galaxy J3 (2017) 5 dyuymli sig‘imi HD, ya’ni 720 x 1280 pikselli bo‘lgan Super AMOLED-displey, chastota tezligi 1,4 gigagersgacha bo‘lgan 4 yadroli Samsung Exynos 7 Quad (7570) markaziy protsessori, Mali-T720 video-kartasi bilan ta’minlangan. Exynos 7570 chipseti bugunga qadar Galaxy J5 Prime hamda Galaxy Xcover4’da joriy qilingan.

Samsung Galaxy J3 (2017)’ning tezkor xotirasi 1,5 gigabaytni tashkil qiladi. Doimiy ichki xotira sig‘imi — 16 gigabayt. microSD bo‘lmachasiga 256 gigabaytgacha bo‘lgan fleshka qo‘ysa bo‘ladi. Devays qadoqdayoq Android 7.0 operatsion tizimida taqdim etilmoqda. Bu — ajoyib! Endi Galaxy J3 (2017) dasturiy ta’minoti ko‘p ekranli rejimni qo‘llab-quvvatlaydi. Ya’ni, bir vaqtning o‘zida ekranni bir nechtaga bo‘lib, ko‘p ilovalardan foydalanish mumkin.

Samsung Galaxy J3 (2017)’ning batareya sig‘imi 2600 mA soat. Ma’lumotlarga ko‘ra, suhbatlashish rejimida bu quvvat unga 23 soatga yetadi. Smartfon akselerometr, giroskop va oraliq-masofa sensorlari o‘rnatilgan.

Devays orqa panelida 5 megapikselli bosh kamera moduli mavjud. Bu kamerada Beauty Effect rejimi bo‘lib, imkon qadar yaxshiroq surat olishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, smartfonda 2 megapikselli selfi-kamera ham bor.

Samsung Galaxy J3 (2017) sizga ma’qul bo‘ldimi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.