Samsung Galaxy J7 Pro: kamerasida olingan ilk suratlar

Samsung Galaxy J7 Pro: kamerasida olingan ilk suratlar

Shu yilning 14 iyunida Samsung kompaniyasi «Galaxy J» turkumiga kiruvchi Galaxy J7 Pro smartfonini taqdim qilgan edi. O‘rta narxli telefon apparatining kamera imkoniyatlari taassurotli.

Uning 13 megapikselli bosh kamera sensori uchun kengligi f/1.7 bo‘lgan optik linza tanlangan. Ya’ni, bu — ayni paytda mobil surat texnologiyasidagi eng yaxshi linza standarti. Bu turdagi apertura odatda flagman smartfonlarda tatbiq qilinadi. Diafragma o‘lchami suratning yorqin va orqa fonning aniq-tini bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.

Samsung Galaxy J7 Pro’ning selfi-kamerasi ham diqqatga sazovor: f/1.9 o‘lchamidagi 13 megapikselli sensor! Qolaversa, bu kameraning ham ekranning LED fotochaqnog‘i bilan ta’minlangani qorong‘u sharoitda ham yaxshi surat olish imkonini beradi.

Xohlagan smartfonning bosh kamerasiga uning yorug‘lik past sharoitda olgan suratlariga qarab baho berish mumkin. Quyidagi, ushbu smartfonda yorug‘lik past sharoitda, kechki paytda olingan suratlarga o‘zingiz baho bering.

Auto mode

HDR mode

HDR mode More details with HDR in this scene

Auto mode again

HDR mode, better dynamic range in this scene

Auto mode again

Bosh kamera olgan suratlarga qarab aytish mumkinki, Galaxy J7 Pro iqtidorli kamerafon bo‘lishga da’vo qiladi. Jumladan, suratdagi detallar, dinamik diapazon va aniqlik yuqori. Harqalay, Samsung’ning $330 AQSh dollari turadigan o‘rta darajali smartfoni uchun yuqori natija.

Endi Samsung Galaxy J7 Pro’ning selfi-kamerasini ishga solib ko‘ramiz.

Umuman olganda, old kamera ham sifatli sratlari bilan o‘z foydalanuvchisini xursand qiladi. Selfilar detalga boy va ranglarga to‘yingan. Ekranning fotochaqnoq vazifasini bajarishi ayni muddao. Natijada, tunda ham tabiiy selfilar olish imkoni mavjud.

Samsung Galaxy J7 Pro 5.5 dyuymli va Super AMOLED matritsali, full-HD (1080×1920 pikselli) ekran, 8 yadroli va 1,6 GGs chastota tezligiga ega Exynos 7870 protsessori hamda 3 gigabaytli tezkor xotira o‘rnatilgan. Uning doimiy xotirasi 64GB ma’lumotni sig‘dira oladi. 7.9 millimetrli g‘oyatda yupqa korpusdan 2 ta SIM-karta uchun bo‘lmacha, USB Type-C universal porti, audio tuynuk, karnay va 3600 mA soatli akkumulyator joy olgan.

O‘ziga xos jihati shundaki, yangi smartfonlardagi Social Camera ilovasi suratlarni tezkor tahrir qilish, ilovaning o‘zidan ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda ulashish, shuningdek kameradagi suratlarning o‘zida aloqa ro‘yxatidagi tanishlarini belgilab qo‘yish, suratlarga harakatdagi stikerlarni biriktirish kabi ijtimoiy funksiyalarga ega.

Batafsil o‘qing: Samsung Galaxy J7 Pro: kunning innovatsion «kashfiyoti»