Samsung Galaxy J7 Pro: kunning innovatsion “kashfiyoti”

Samsung Galaxy J7 Pro: kunning innovatsion “kashfiyoti”

14 iyunda Hindistonda o‘tkazilgan Samsung taqdimotida kompaniya “Galaxy J” turkumiga kiruvchi Galaxy J7 Max hamda Galaxy J7 Pro smartfonlarini namoyish qildi.

Samsung Galaxy J7 Pro 5.5 dyuymli va Super AMOLED matritsali, full-HD (1080×1920 pikselli) sig‘imli hamda 2.5D shaklidagi himoya shishasi bilan qoplangan yuqori sifatli ekrani bilan o‘ziga xos. Samsung Galaxy J7 Max va Galaxy J7 Pro “aqlli telefon”lari Always-on displeyni qo‘llab-quvvatlaydi. Ya’ni, korpusning bir qismi muntazam faol turadi, taqvim yoki soatni namoyish qiladi.

Samsung, Samsung Galaxy J7 Pro India price, Samsung Galaxy J7 Max India price, Galaxy J7 Pro, Galaxy J7 Max

Gadjetga, shuningdek 8 yadroli va 1,6 GGs chastota tezligiga ega Exynos 7870 protsessori hamda 3 gigabaytli tezkor xotira o‘rnatilgan. Uning doimiy xotirasi 64GB ma’lumotni sig‘dira oladi. Albatta, microSD qo‘shimcha xotirasi orqali buni 128 gigabaytgacha oshirish mumkin.

7.9 millimetrli g‘oyatda yupqa korpusdan 2 ta SIM-karta uchun bo‘lmacha, USB Type-C universal porti, audio tuynuk, karnay va 3600 mA soatli akkumulyator joy olgan. Ma’lum qilinishicha, korpus IP54 sertifikatiga ega va suv sachrashlaridan himoyalangan. Yomg‘irli mintaqada bu jihat — ayni muddao.

Metall korpusli Galaxy J7 Pro ko‘proq shu oyning boshida taqdim qilingan Galaxy J7 (2017) smartfoniga o‘xshab ketadi, faqatgina doimiy xotirasi bir oz katta (64 Gb).

Samsung Galaxy J7 Pro, Galaxy J7 Max Launched: Price in India, Specifications, and Features

Samsung’ning bu gadjeti ham 13 MP old (f/1.9) hamda 13 MP (f/1.7) bosh kameralarga ega. O‘ziga xos jihati shundaki, yangi smartfonlardagi Social Camera ilovasi suratlarni tezkor tahrir qilish, ilovaning o‘zidan ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda ulashish, shuningdek kameradagi suratlarning o‘zida aloqa ro‘yxatidagi tanishlarini belgilab qo‘yish, suratlarga harakatdagi stikerlarni biriktirish kabi ijtimoiy funksiyalarga ega.

samsung galaxy j7 max

Samsung’ning gadjetida, shuningdek to‘ldirilgan voqelik kamerasiga xos jihatlar ham joriy qilingan. Endi kamerani restoran yoki brendlarning logolariga, suratlariga qaratish bilan ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar, munosabatlar bilan tanishish mumkin. Shuningdek, suratlarda geografik makonni belgilash funksiyasi ham mavjud.

Galaxy J7 Pro smartfonida kompaniya faqat qimmat turkum foydalanuvchilari ravo ko‘radigan Samsung Pay to‘lov tizimidan ham foydalanish mumkin.

Samsung Galaxy J7 Pro iyulning o‘rtalarida $330 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!