Samsung Galaxy M smartfonlarining narxlari e’lon qilindi!

  •   DiMaX
  •  7230
  •  08.01.2019 17:55

Samsung Galaxy M smartfonlarining narxlari e’lon qilindi!

Janubiy koreyalik yetakchi smartfonsozning yangi – Galaxy M turkumi haqidagi ilk ma’lumotlar chiqqaniga ancha bo‘ldi. Hozirgacha ular haqidagi turli ma’lumotlarni, suratlari va benchmark natijalarini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Samsung eng arzon smartfoni – Galaxy M10’ni taqdimotdan avval tasodifan «sotib qo‘ydi»

Hindistonning Gadgets.ndtv nashri esa yangi turkum smartfonlarining narxlari haqidagi ma’lumotni oshkor etdi. Uning ishlab chiqarishdagi manbalariga tayangan holda e’lon qilishicha, Galaxy M10 modelining narxi 135 dollardan boshlanadi. Arzon smartfonlarning o‘rtachasi – Galaxy M20 uchun esa taxminan 215 AQSh dollari miqdorida narx belgilangan.

So‘nggi xabarlarga ishonadigan bo‘lsak, Galaxy M10 hamda M20 rusumli qurilmalar mana shu oydayoq dunyo yuzini ko‘radi. Galaxy M30 taqdimoti esa kamida fevralda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, balki undan ham keyinroqdir.

Shuningdek, Galaxy M30 modelining narxini ham hozircha aytishmagan, ammo uning qiymati o‘rta toifadagi – Galaxy A turkumi smartfonlariga yaqinlashib qolsa kerak. Zero, uning texnik xususiyatlari ham shunga yaqinlashib boradi.

O‘QING: Galaxy M30 arzon bo‘lsa-da, uchtalik kameraga va naq 5000 mA/soatlik akkumulyatorga ega!